Qunduzak masjidi
Masjid | |
Qunduzak masjidi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Qashqadaryo |
Shahar | Shahrisabz |
Manzil | Kulollik koʻchasi 157 |
Yoʻnalishi | sunniy |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Meʼmor | Mulla Joʻra Soʻfi, usta Almardon, usta Saidxoʻja |
Binokorlik sanasi | 1926-yil |
Soʻngi imom | Mallayev Jaloliddin |
Holati | yaxshi |
Qunduzak masjidi — Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida barpo etilgan masjid[1]. Masjid Koʻk Gumbaz masjidi qarama-qarshi tomonida joy olgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mazkur masjid hijriy 1345-yil (milodiy 1926-yil) da qurib bitkazilgan. Masjidning qurilishiga aloqador qoʻlyozmalarda yozilishicha, masjid qurilishida usta Mulla Joʻra Soʻfi, duradgor ustalardan esa usta Almardon va usta Saidxoʻjalar ishtirok etgan.
Tuzilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid old tomoni chiroyli, naqshinkor koshin bezaklar bilan bezaklangan.
Taʼmirlash ishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjidning bir qismi 2002-yilda qisman taʼmirdan chiqqan. Bugungi kunga kelib masjid jom’e masjidi sifatida faoliyat olib boradi. Masjidda nomozxonlar besh vaqt namoz oʻqishlari mumkin.
Muhofaza qilinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qunduzak masjidi Davlat yodgorliklarini saqlash roʻyxatiga kiritilgan. Shuningdek, mazkur obyekt UNESCOning umuinsoniy qadriyatlar kitobidan ham joy egallagan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Qunduzak masjidi“. masjid.uz. Qaraldi: 08-2023.
- ↑ „Qashqadaryo viloyati“. uzbekistan.travel.uz. Qaraldi: 08-2023.