Quronboy Nurimov
Qiyofa
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Quronboy Nurimov (1949.1.10, Urganch tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1999). Toshkent davlat universitetini tugatgan (1974). 1974-yildan Urganch tumanidagi 5-maktabda matematika fani oʻqituvchisi, 1977-yildan viloyat oʻqituvchilar malakasini oshirish institutida kabinet mudiri, direktor. 1995—1997-yillarda Xorazm viloyat xalq taʼlimi boshqarmasida ishlagan. 1997-yildan Urganch tumanidagi 45-internat litseyining direktori, 2000-yildan Urganch shahri xalq taʼlimi boʻlimi mudiri. Ish faoliyati davomida aniq fanlar boʻyicha ixtisoslashgan maktab va sinflar tashkil etgan, taʼlim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalar, ilgʻor ish uslublarini joriy qiladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |