Quruqsoy
Qiyofa
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Quruqsoy | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 46 |
Davlat | Oʻzbekiston |
Quruqsoy — Samarqand viloyati Payariq tumanidagi soy. Uzunligi 46 km, havzasining maydoni 296 km². Nurota tizmasining janubi-gʻarbiy yon bagʻridan boshlanib, shimoli-gʻarbdan janubi-sharqqa tomon oqadi. Toʻsunsoyga quyiladi. Soy oʻzani shagʻal va xarsang toshlar bilan qoplangan. Asosan, yer osti, shuningdek, qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Bahorda suvi toshadi (yillik oqimning 80% oqib oʻtadi). Quruqsoyga Qoratepa, Chormitan soylari kelib quyiladi. Suvi Payariq tumanining ekin maydonlarini sugʻorishga sarf boʻladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |