Kontent qismiga oʻtish

Qusam ibn Abbos

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Qusam ibn Abbos (taxminan 624677) — sahoba. Muhammad paygʻambarning amakivachchasi. Xalifa Ali davrida Makka voliysi boʻlgan. Muoviya I davrida Xuroson voliysi Said ibn Usmon bilan birga Oʻrta Osiyoni fath etishda qatnashgan. Manbalarda aytilishicha, Said dinni kuchaytirmoq va shariat hukmlarini yurgizmoq maqsadida Qusam ibn Abbosni bir necha islom qoʻshini bilan Samarqandda qoldirgan. 677-yil sugʻdiylar Samarqandga hujum qilganda Qusam ibn Abbos shahid boʻlgan. Banu nojiya qabristonida gʻor yonida (boshqa manbalarda — gʻoziylar yonida) dafn etilgan. Sulton Sanjar (1118—1157) zamonasida oʻsha qabristonda Qusamiya madrasasi solingan. U Obi Mashhad arigʻi yaqinida boʻlgan. Amir Temur davrida ushbu mozor ustiga imorat qilinib, turli bezaklar bilan bezatilgan. Xalq orasida Shohizinda (Tirik shoh) nomi bilan mashhur boʻlgan bu yodgorlik oʻrta asr Markaziy Osiyo meʼmorligining noyob obidalaridan sanaladi.