Kontent qismiga oʻtish

Qutblanuvchanlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qutblanuvchanlik - zarralar (atom, ion va molekula)ning elektr maydonda dipol momentiga ega boʻlish xossasi. Elektr maydon (Ye) taʼsirida atom sistemalaridagi elektr zaryadlar siljib, dipol moment (R) induksiyalanadi. Maydon oʻchirilganda induksiyalangan r moment yoʻqoladi. Q. tushunchasi, odatda, doimiy dipol momentiga ega boʻlgan zarralarga, mas, qutbli molequlalarga qoʻllanmaydi. Nisbatan zaif maydonlarda r ning Ye ga bogʻlanishi chiziqli boʻladi va quyidagicha ifodalanadi: r=aYe, (bunda a — hajmiy oʻlchamlikka ega boʻlgan Q.). Baʼzi molekulalar uchun Q.ning qiymati Ye ning yoʻnalishiga bogʻliq boʻladi (ani-zotrop Q). Kuchli maydonlarda r(Ye) bogʻlanish chiziqli boʻlmaydi. Maydon yoqilganda r bir onda paydo boʻlmaydi, uning turgʻunlik vaqti t zarralarning tabiati va atrof muhitga bogʻliq. Statik maydonga Q.ning statik qiymati mos keladi. Oʻzgaruvchan maydonda Q. turgʻunlashishi vaqti t va maydon chastotasi so ga bogʻliq boʻladi. Yetarlicha kichik vaqt va past sh chastotalarda r momentning oʻzgarishlari Ye ning oʻzgarishlari bilan sinfaz bogʻlangan va Q. statik Q. bilan mos tushadi. Juda yuqori so va katta x vaqtlarda r moment umuman hosil boʻlmasligi mumkin (zarra maydonni "sezmaydi"), Q.ning elektron, ion va atom xillari bor. Elektron Q.ga sabab Ye maydonda elektron qobiqlar atom yad-rosiga nisbatan siljishidir. I o n Q. (ion kristallar) da turli ishorali ionlar muvozanat vaziyatidan qarama-qarshi yoʻnalishlarda siljiydi. A t o m Q.da molekuladagi turli xil atomlar siljiydi. Qattiq va suyuq dielektriklar fizikasida Q. deganda oʻrtacha Q, yaʼni, dielektriklarning bitta zarrasiga va elektr maydonning birlik quchlanganligiga toʻgʻri keluvchi R qutblanganligi: a=R/YEI (bu yerda N — hajm birligidagi zarralar soni) tushuniladi. Q. tushunchasi dielektriklar fizikasi, molekulyar fizika va kimyoda qoʻllanadi.