Qutlugʻ Temur
Qiyofa
Qutlugʻ temur (14-a) - Oltin Oʻrdautsh nufuzli amirlaridan. Oʻzbekxoining xolavachchasi va eng buyuk amiri, Oʻzbekxonning Xorazmdagi voliysi (1321 yildan). Q.T.ning oʻgʻli Horun-bek Oʻzbekxonning qiziga uylangan. Q.T.ning zavjasi Toʻrabeka-xotun (Toʻrabekaxonim) boʻlgan. Ibn Xaldunning yozishicha, Q.T. 1321-yil Qrim viloyati noibligidan olinib, Xorazmga yuborilgan. 1328 yil yana Qrimga noib etib tayinlangan. 1338 yil boshlarida Xorazmda boʻlgan sayyoh Ibn Battuta Urganchda Q.T. saroyida qabul qilingan. Q.T. Qrim va Xorazmda koʻplab quduq, sardoba, madrasa, masjid, minora (qarang Qutlugʻ Temur minorasi), saroylar bunyod etgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |