Qutlugʻ qon
2019-yilgi nashr jildi | |
Muallif(lar) | Oybek |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | roman |
Nashr etilgan sanasi | 1940-yil |
Sahifalar soni | 330-bet |
ISBN | ISBN 0-00-000000-0 |
Qutlugʻ qon— Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, akademik Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybek qalamiga mansub tarixiy-badiiy roman. Asar 1938-yilda yozib tugatilgan,1940-yilda oʻzbek tilida, 1943-yilda rus tilida, 1949-yilda uygʻur va chex,1950-yilda slovak,1959-yilda qirgʻiz va ozarbayjon tillarida kitob holida nashr etilgan.
Soʻnggi marta 2019-yilda Yangiyoʻl Poligraph Servise nashriyoti tomonidan 368 betli qattiq muqovada nashr etildi.[1] Romanda 1916-yil qoʻzgʻoloni arafasidagi oʻzbek xalqi hayotining fojiali manzaralari aks ettirilgan.
Sujet
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qutlugʻ qon asarida oʻzbek xalqining yaqin oʻtmishdagi rus bosqinchilari va mahalliy amaldorlar tomonidan ezilganligi, xalqning oʻz ahvolini anglab ularga qarshi bosh koʻtargani badiiy tasvirlangan. Oʻzbek xalqining milliy ozodlik uchun olib borgan kurashlarida 1916-yilgi qoʻzgʻolon muhim oʻrin egallaydi.
„Garchi men roman viqealari yuz bergan vaqtda hali kichik bola boʻlsam ham xalq turmushini koʻrdim. Kambagʻallarning qorongʻu va dim uy-joylarini, boylarning atrifi baland-baland devorlar bilan oʻralgan hashamatli imoratlarini, muzdek hovuzi boʻlgan bogʻlarini koʻrdim. Men keyinchalik romanimda tasvir etilgan turmush va ijtimoiy munosabatlarning koʻpgina tomonlarini oʻsha vaqtdayoq chanqoqlik bilan kuzatgan va tushungan edim“- deya yozgan edi Oybek.
„Qutlugʻ qon“ ayanchli oʻtmishdan hikoya qiluvchi asar. Asar qahramonlari boylar va kambagʻallar, salbiy va ijobiy obrazlarga boʻlingan.
Romanda oʻzbeklar tarixining chirkin va qora kunlari, oq podsho istilosi davri, birinchi jahon urushida yengilayotgan podsho hukumatiga mardikor yollash va buni Turkiston xalqlari orasidan yigʻishi. Bunga qarama-qarshi yoʻlda harakat qilgan, haqiqat va sevgisi uchun kurashgan Yoʻlchining bu yoʻlda halok boʻlishi tasvirlangan.
Qahramonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Yoʻlchi–bosh qahramon, Mirzakarimboyning jiyani, Gulnorning sevgilisi. Asar nomidagi „Qutlugʻ qon“ Yoʻlchining qoni
- Gulnor-Yoʻlchining sevgilisi,Mirzakarimboy tomonidan ikkinchi xotin qilib olingan qiz
- Mirzakarimboy- Yoʻlchining togʻasi
- Xushroʻybibi-Yoʻlchinig onasi
- Nuri–Mirzakarimboyning Yoʻlchiga koʻngil qoʻygan qizi
- Tantiboyvachcha-Mirzakarimboyning kuyovi
- Hakimboyvachcha-Mirzakarimboyning oʻgʻli
- Yormat-boyning xizmatkori, Gulnorning otasi
- Shokir ota–etikdoʻz. Yoʻlchi va singlisiga otasidek boʻlib qolgan, uyidan joy bergan, Qutlugʻ qon soʻzi aynan uning ogʻzidan jaranglagan
- Shoqosim-boyning ishchilaridan
- Oʻroz-Yoʻlchining qirgʻiz doʻsti
- Qoratoy-Yoʻlchining doʻsti
- Unsin- Yoʻlchining singlisi
- Gulsum-Yormatning xotini
- Salimboyvachcha-Mirzakarimboyning oʻgʻli
- Qambar choʻloq
- Parpixoʻja
- Olimxon ellikboshi