Kontent qismiga oʻtish

Quyi Kaliforniya vodiysi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Quyi kaliforniya vodiysi - AQSH va Meksikadagi pasttekislik. kaliforniya qoʻltigʻi botigʻining davomi — togʻ oraligʻidagi tektonik botiqda joylashgan. Vodiyning jan. qismidan oqib oʻtgan Kolorado daryosi oqizib keltirgan allyuvial jinslarning qalin qoplami bilan toʻlgan. Qadimda bir necha marta Kolorado daryosi suvi bosishi natijasida shoʻr koʻllar vujudga kelgan. Iklimi subtropik quruq iqlim. Yillik yogʻin 100 mm chamasida. Usimlik du-nyosi kreozit butalar, kaktus va boshqalardan iborat. Kolorado daryosi bilan Soltonsi koʻli oraligʻidagi yerlarda sugʻorib dehqonchilik qilinadi, asosan, paxta ekiladi.