Rúben Andrade
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Rúben Dinarte Martins Andrade[1] | ||
Tavallud sanasi | 7-iyun 1982-yil[1] | ||
Tavallud joyi | Funshal, Portugaliya[1] | ||
Boʻyi | 1.76 m (5 ft 9 in)[1] | ||
Ampluasi | markaziy yarim himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1994–1999 | Juventude Atlântico | ||
1999–2001 | União Madeira | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2000–2016 | União Madeira | 407 | (60) |
2016–2020 | Camacha | 84 | (16) |
2021–2022 | Ribeira Brava | 15 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Rúben Dinarte Martins Andrade (1982-yil 7-iyunda tugʻilgan) portugaliyalik sobiq professional futbolchi boʻlib, Andrade Ribeira Brava klubi safida markaziy yarim himoyachi sifatida toʻp surgan.
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Andrade 1982-yil Madeyraning Funshal shahrida tugʻilgan, 1999-yilda oʻzning professional futbolchilik faoliyatini mahalliy klubi C. F. Uniyon safida boshlagan. Andrade klub bilan shartnoma imzolagandan soʻng, deyarli faqat shu klub tarkibida toʻp surdi. 2000-yil 18-iyunda, hali yosh oʻyinchi boʻlishiga qaramasdan, Andrade katta jamoada debyut qildi. Andrade uchinchi ligada Juventude Sport klubiga qarshi mehmondagi oʻyinda (2:0) 45 daqiqa oʻynadi.
Keyingi mavsumlarda Andrade Portugaliya futbolining ikkinchi va uchinchi darajali ligalarida oʻynadi. Andrade birinchi marta ikkinchi darajali ligada 2002-yil 3-noyabrda maydonga tushdi. Bu oʻyinda Andrade Leca FC klubiga qarshi (0:0) oʻyinning 72-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi. 2009-10-yilgi mavsumda Andrade oʻzining eng yaxshi natijasini qayd etdi, 33 ta oʻyinda maydonga tushdi va 11 ta gol urdi. Ammo shunday boʻlsa ham, uning klubi uchinchi diviziondan yuqoriga koʻtarila olmadi.
Andrade 2014-15-yilgi mavsumda 41 ta oʻyinda 6 ta gol urdi. Bu davrda União yigirma yildan ortiq tanaffusdan soʻng Primeira Ligaga qaytgan edi. 2015-yil 1-iyunda esa Andrade oʻz shartnomasini yana bir yilga uzaytirdi[2][3][4][5][6][7]. Andrade 16-avgust kuni 33 yoshida birinchi bor bahsda ishtirok etdi va C. S. Marítimo C.S klubiga qarshi boʻlgan oyinda 2-1 hisobida gʻalaba qozondi. Andrade bu oʻyinda 68 daqiqa maydonda toʻp surdi[8].
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]União Madeira
- Segunda Divisão: 2001-02, 2010-11
- Taça AF Madeira: 2002-03, 2004-05
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „Rúben Andrade“ (Portuguese). Mais Futebol. Qaraldi: 2023-yil 12-iyul.
- ↑ „Beira-Mar-U. Madeira, 1–2: Dez minutos loucos resolveram o jogo“ (Portuguese). Record (2014-yil 12-avgust). Qaraldi: 2015-yil 16-dekabr.
- ↑ „Chaves-U. Madeira, 0–3: Flavienses voltam a perder 13 jogos depois“ (Portuguese). Record (2014-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 16-dekabr.
- ↑ „Farense-U.Madeira, 0–5: Autogolos e expulsões ajudam insulares“ (Portuguese). Record (2015-yil 1-fevral). Qaraldi: 2015-yil 16-dekabr.
- ↑ Gomes de Andrade. „Oriental-U. Madeira, 0–3 (crónica)“ (Portuguese). Mais Futebol (2015-yil 24-may). Qaraldi: 2015-yil 16-dekabr.
- ↑ „Ruben Andrade renovou pelo União“ (Portuguese). RTP Madeira (2015-yil 1-iyun). Qaraldi: 2015-yil 16-dekabr.
- ↑ „Tondela e U. Madeira sobem à Liga“ (Portuguese). Record (2015-yil 24-may). Qaraldi: 2015-yil 16-dekabr.
- ↑ „União derrota Marítimo no derbi da Madeira“ (Portuguese). RTP Madeira (2015-yil 17-avgust). Qaraldi: 2017-yil 12-dekabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rúben AndradeForaDeJogo (arxivda)