Kontent qismiga oʻtish

Rabia ibn Umayya

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Rabia ibn Umayya
Rabia
Tavalludi
Makka,Hijoz
Kasbi sahobiya
Otasi Umayya ibn xalaf
Onasi Karima bint Ma'mar

Rabia ibn Umayya (arab. ربيعة بن أمية) Muhammad alayhissalomning sahobalaridan edi. Otasi Umayya ibn Xalaf, onasi Karima bint Maʼmar ibn Habib, ukasi Safvon ibn Umayya edi. U “Vidolashuv xutbasi”da Muhammad alayhissalomga yordam bergan. Umar (r.a.)ning xalifaligi davrida u bilan bog‘liq quyidagi voqea bo‘lib o‘tgan [1]:

Bir kuni yarim tunda Abdurahmon ibn Avf bilan Umar ibn Xattob Madinani qo‘riqlashga turdilar. Yo‘lda yurar ekanlar, bir uyda chiroq yonib turganini ko‘rdilar. O‘sha tomonni ko‘zlab yurdilar. Yetib borgach, eshikning yopiqligini, ichkarida bir necha odamning baland g‘ala-g‘ovurini eshitdilar. Shunda Umar Abdurahmon ibn Avf qo‘lidan ushlab dedi: - Bu uy kimnikiligini bilasanmi? - Yo‘q, - deb javob berdi Abdurahmon. - Rabia ibn Ummayya ibn Xalafga qarashli. Ular hozir aroq ichib o‘tirishibdi. Nima deysan? - Fikrimcha, - dedi Abdurahmon ibn Avf, - Biz Alloh man qilgan ishni qilib qo‘ydik - josuslik qildik. Ular qavmni shu holda tark etib qaytib ketdilar.

Rabia ibn Umayya Umar (r.a.)ning Mut’a nikohini ta’qiqlagan ma’ruzasida ishtirok etganlardan biri edi.

  1. Islamset – The doctor between disclosure and withholding Archived 2002-05-22 at the Wayback Machine