Kontent qismiga oʻtish

Rabot

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Rabot (arab.) — oʻrta asrlarda arablarning mustahkamlangan qarorgohi. Tarhi toʻrtburchak, devorlarida minoralari boʻlgan. Dastlab (Islom dini tarqala boshlagan davrda) gʻoziylarga moʻljallab qurilgan maxsus bino. Keyinchalik rabot faqat qoʻrgʻon, istehkom maʼnosidagina emas, balki mehmonxona (karvonsaroy) mazmunida ham tushunilgan. Zohidlar ham maxsus rabotlarda yashaganlar. Markaziy Osiyoda VIII—X asrlarda koʻchmanchi aholi yashaydigan hududlar bilan chegaradosh xududlarda koʻplab rabotlar qurilgan. Ulardan eng mashhuri Raboti Malikdir[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil