Kontent qismiga oʻtish

Rabot neft koni

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Rabot neft koni — Tojikiston Respublikasi Soʻgʻd viloyatining jan.sharqidagi kon. Konning geologik tuzilishini K. P. Kalitskiy, V. N. Veber va boshqa urgangan. Rabot neft konik.da paleozoy, yura, bur, paleogen, neogen va turtlamchi davrlarga mansub jinslardan tuzilgan yotqiziklar mavjud. Paleozoy jinslari toʻq kulrang qumli argillitlar, yura jinslari kulrang gillar va mayda donador qumtoshlardan, bur yotqiziqdari qizgʻish konglomerat, qumtosh, gillar, oq va kulrang ohaktoshlardan tuzilgan. Paleogen yotqiziqlari oq gips, ohaktosh, qumtosh, yashil va kizil rangli gillardan iborat. Neft shu jinslar orasidan topilgan. Kondagi neftning s.ogʻ. 0,827— 0,879. Tarkibida 0,65—0,80% oltingugurt, 6,55—7,72% parafin mavjud[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil