Rachael Adams

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rachael Alekxis Adams (1990-yil 3-iyunda tugʻilgan) — Amerika Qoʻshma Shtatlari ayollar milliy voleybol jamoasida oʻrta bloker sifatida oʻynagan amerikalik sobiq professional voleybolchisi hisoblanasi. Adams milliy terma jamoa bilan 2014-yilgi Jahon chempionatida oltin va 2016-yilgi Rio Olimpiadasida esa bronza medalini qoʻlga kiritgan professional darajada oʻyin koʻrsata oladigan voleybolchi sifatida ommaning mexrini qozongan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

U Ogayo shtatining Cincinnati shahridagi Notre Dame oʻrta maktabida oʻqigan va u yerda voleybol oʻynagan[1]. Keyin u Ostindagi Texas universitetida kollej voleybolida ham oʻynadi[2]. 2012-yilda, Texasda boʻlganida, Adams voleybol boʻyicha Honda Sports mukofotining toʻrtta finalchisidan biri sifatida nomlangan edi[3].

Adams 2014-yilgi jahon chempionatining oltin medalini qoʻlga kiritgan AQSh terma jamoasining bir qismi boʻlgan, jamoa final oʻyinida Xitoyni 3:1 hisobidaham magʻlub etgan edi[4][5].

Adams 2016-yilgi Jahon Gran-prisi davomida braziliyalik Thaísa Menezes bilan birga eng yaxshi oʻrta blokerlar qatorida taqdirlandi[6].

Eczacıbaşı VitrA jamoasi bilan 2016-yilgi FIVB voleybol ayollar klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritdi[7].

Adams Eczacıbaşı VitrA bilan 2016-2017-yilgi mavsumda CEV Chempionlar Ligasi bronza medalini qoʻlga kiritdi, uning jamoasi Rossiyaning Dinamo Moskva jamoasini 3:0 hisobida magʻlub etadi[8]va u shuningdek, eng yaxshi oʻrta bloker bilanbirga taqdirlanadi[9]. 2017-2018-yilgi mavsum oxirida u Italiyaning Monza klubi bilan shartnoma imzoladi va Italiya A1 ligasida oʻynaydi.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Individual[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2013-yilda voleybol boʻyicha Honda Sport mukofotiga nomzod[3];
  • 2016-yilda Jahon Gran-prisi „Eng yaxshi oʻrta bloker“;
  • 2016-2017-yillarda CEV Chempionlar Ligasi „Eng yaxshi oʻrta bloker“.

Klublari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2016-2017-yillarda CEV Chempionlar Ligasi - Bronza medali, Eczacıbaşı VitrA.

Milliy terma jamoasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2013-yil Voleybol boʻyicha Panamerika kubogi;
  • 2013-yil NORCECA chempionati;
  • 2013-yil FIVB Jahon chempionlari kubogi;
  • 2014-yil FIVB jahon chempionati;
  • 2015-yil FIVB Jahon Gran-prisi;
  • 2016-yil FIVB Jahon Gran-prisi;
  • 2016-yil Yozgi Olimpiya oʻyinlari.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Local volleyball star punches Olympic ticket“ (2016-yil 12-iyul).
  2. FIVB World Grand Prix 2016
  3. 3,0 3,1 (en) Volleyball. https://www.collegiatewomensportsawards.com/archives/volleyball. Qaraldi: 2020-04-07. Rachael Adams]]
  4. Benedetti, Valeria. „Volley, Mondiale: Usa batte Cina 3-1“ (Italian). La Gazzetta dello sport (2014-yil 12-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 12-oktyabr.
  5. „USA win first World Championship title, China and Brazil complete the podium“. Milan, Italy: FIVB (2014-yil 11-may). Qaraldi: 2014-yil 11-may.
  6. „Brazil win record 11th title in World Grand Prix“. Fédération Internationale de Volleyball. Qaraldi: 2016-yil 11-iyul.
  7. „Kosheleva blasts Eczacibasi to second worlds club title“. Fédération Internationale de Volleyball. Qaraldi: 2016-yil 23-oktyabr.
  8. „Eczacibasi VitrA ISTANBUL take Bronze in Treviso 3-1 against Dinamo MOSCOW“. Treviso, Italy: CEV (2017-yil 23-aprel). 2017-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-aprel.
  9. „Champions League: Le migliori della Final Four. Zhu MVP“ (Italian). Volleyball.it (2017-yil 23-aprel). 2017-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-aprel.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]