Kontent qismiga oʻtish

Rachel Furness

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Rachel Furness
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Rachel Furness
Tavallud sanasi 19-iyun 1988-yil (1988-06-19) (36 yosh)
Tavallud joyi Sunderland, Angliiya
Boʻyi 1.69 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Liverpool
Raqami 27
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2002—2004 Chester-le-Street
2004—2006 Sunderland 12 (2)
2006—2010 Newcastle United 29 (11)
2010 Grindavik 12 (3)
2010—2016 Sunderland 26 (1)
2011Lincoln (Ijara) 1 (0)
2017–19 Reading 43 (5)
2019Tottenham Hotspur (Ijara) 9 (1)
2019– Liverpool 37 (14)
Milliy terma jamoa
2005– Shimoliy Irlandiya 81 (38)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(12-fevral 2020-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (22-avgust 2019-yil uchun)

Rachel Furness (1988-yil 19-iyunda tugʻilgan) — professional futbolchi, Angliya ayollar chempionatining „Liverpool“ klubi va Shimoliy Irlandiya terma jamoasida oʻynaydi. Kuchli markaziy yarim himoyachi. Furnessning „Sanderlend“dagi sobiq menejeri Mik Myulxern uni „kuchli va qatʼiyatli futbolchi“ deb taʼriflagan[1].

Klubdagi karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Furness Usvort umumtaʼlim maktabida oʻqigan va okrug darajasida Durham vakili boʻlgan[2]. 2002-03-yilgi mavsumda u bir qancha yoshlar[3] va Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Aran Embleton bilan birga Chester-le-Street Ladies jamoasida oʻynagan[4].

Kattalar orasida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2004-yilda Furness sportni rivojlantirish va fitnesni oʻrganish uchun Geytsxed kollejiga koʻchib oʻtdi[5]. U kollejdagi ayollar futbol akademiyasi va Sanderlendda oʻynay boshladi. Jill Skott har ikki tomonda ham uning jamoadoshi edi[6].

2006-yilda Furness Nortumbriya universitetiga murabbiylik qilish sharti bilan sport rivojlanishini oʻrganish uchun koʻchib oʻtdi[7] va Sanderlendni Nyukasl Unitedga almashtirdi[8]. Biroq, u oʻsha paytgacha tizzasidan jiddiy jarohat olgan edi, bu ikki operatsiyani va xaftaga joʻziladigan tiklanish jarayonini anglatardi[9] Shifokorlar Furnessga futbol oʻynashni toʻxtatishni maslahat berishdi[10], ammo u „Nyukasl United“da oʻynashni davom ettirdi.[11].

2009-yilning dekabrida Furness bitta gol urdi, Angliya ayollar kubogida OOH Linkoln Ladies oʻyinida 2:2 hisobida durang oʻynadi, faqat penaltilar seriyasida magʻlub boʻldi[12].

Furness 2010-yil yoz mavsumini Grindavik bilan Islandiyada oʻtkazdi[13] keyin yana „Sanderlend“ga qoʻshildi - 2010-yil oktabr oyida „Nyukasl“ ustidan 4:0 hisobida Premer-liga kubogi oʻyinida klub uchun ikkinchi oʻynini oʻtkazdi.[14] „Sanderlend“ga Premer-liga chempionligini qoʻlga kiritishga yordam berganidan soʻng, Furness FA WSL klubi " Lincoln Ladies "ga ijara asosida qoʻshildi[15]. U may oyida „Linkoln“ning „Chelsi“ga 1:0 hisobida magʻlubiyatga uchragan uchrashuvida ilk debyutini amalga oshirdi, bu WSL oʻrtasidagi tanaffus oldidan soʻnggi oʻyin edi[16]. Iyul oyida WSL qayta boshlanishidan oldin u „Sanderlend“ga qaytdi[17].


Furness 2019-yil 6-sentabrda “Reding”dan mavsumiy ijara asosida “Tottenxem”ga qoʻshildi[18] 2019-yilning 28-dekabrida Furness Reading tomonidan chaqirib olinganidan keyin “Liverpool” ga tarkibiga qoʻshilgan[19].

Xalqaro karyera

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chester-le-Street murabbiylik direktori Bill Godvard futbol assotsiatsiyasini Furnessning salohiyati haqida xabar bergan. Biroq, Angliya uni eʼtibordan chetda qoldirdi, chunki u mukammal klubga biriktirilmagan edi[20]. Keyin Furness Shimoliy Irlandiyadan chaqiruvni qabul qildi va 2004-yilning bahorida U17 turnirida ularning sharafini himoya qildi[20]. Tyne and Wear'da tugʻilib oʻsgan boʻlsa-da, onasi Belfastda tugʻilganligi sababli Furness Shimoliy Irlandiya uchun munosib tanlov edi[10].

U17 va U19 yoshlilar toifasida terma jamoadagi oʻyinlaridan soʻng[21],, Furness katta xalqaro jamoaga oʻtdi. 2005-yilning noyabrida u Shimoliy Irlandiya terma jamoasining 20 yil davomida oʻz uyida oʻtkazgan birinchi oʻyinida Slovakiyaga gol urdi[22]. Jarohat tufayli terma jamoa safida ikki yilni oʻtkazib yubordi. Furness JCh-2011 saralash musobaqasi uchun qaytdi[10].

U toʻrtta gol, jumladan Xorvatiyaga qarshi oʻyinda xet-trik qayd etdi, Shimoliy Irlandiya yakunda guruhda Fransiya va Finlandiyadan keyin uchinchi oʻrinni egalladi[23]. 2011-yil noyabr oyida Furness va Shimoliy Irlandiya Yevro-2013 saralashida sobiq jahon va Olimpiya chempioni Norvegiya ustidan 3-1 hisobida gʻalaba qozonishgan[24].

Furness, shuningdek, 2009-yilda Belgradda boʻlib oʻtgan turnirda oʻynagan[21]. Ikki yil oʻtgach, u Shenzhenda boʻlib oʻtadigan musobaqa uchun Buyuk Britaniya universitetlari tarkibiga kiritildi[25].

2021-yilgi UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevropa chempionati saralash bosqichi Shimoliy Irlandiya ayollar terma jamoasi uchun rekord darajadagi muvaffaqiyatga erishdi va Furness jamoada muhim rol oʻynadi. Oddiy saralash davomida Furness tomonidan kiritilgan bir nechta gol Shimoliy Irlandiyaga yirik turnir uchun birinchi pley-off bosqichiga chiqishga yordam berdi, bu oʻz-oʻzidan rekord hisoblangan.


2021-yil noyabr oyida Shimoliy Makedoniyaga qarshi FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati saralash oʻyinida Furness tarixiy gollarni urib, Shimoliy Irlandiyaning gol urish boʻyicha rekordini yangiladi. Birinchi oʻyinda, mehmonda Furness uchun xetrik qayd etdi, keyin uy uchrashuvida yana ikki marta gol urib, rekordni oʻrnatdi. Shu tariqa u ilgari Devid Xiliga tegishli boʻlgan Shimoliy Irlandiyadagi 36 gol rekordini ortda qoldirgan holda Furness milliy futbol tarixidagi oʻrnini mustahkamladi.

2021-yil dekabr oyida Furness milliy terma jamoaning tarixiy yiliga qoʻshgan hissasi uchun NI BBC 2021-yilda il sportchisi mukofoti bilan taqdirlandi[1][2].

Xalqaro maydondagi gollar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
# Sana Joy Raqib Hisob Turnir Natija
1 29.10.2005 Football Centre Mogoşoaia, Mogoşoaia  Ruminiya 2–3 2007-yil FIFA jahon kubogi 1
2 10.11.2005 Ballymena Showgrounds, Ballymena Slovakiya 2–1 2007-yil FIFA jahon kubogi 1
3 12.05.2009 Forthbank Stadium, Stirling Shotlandiya 1–3 Oʻrtoqlik 1
4 24.10.2009 Stadion ŠRC Zaprešić, Zaprešić Xorvatiya 1–0 2011-yil FIFA jahon kubogi 1
7 25.08.2010 The Oval, Belfast Xorvatiya 3–1 2011-yil FIFA jahon kubogi 3
8 07.03.2011 Koinotiko Sotiras, Famagusta Meksika 1–3 Kipr kubogi 1
9 09.03.2011 Alpha Sports Centre, Larnaca Shveysariya 1–2 Kipr kubogi 1
10 19.11.2011 Mourneview Park, Lurgan Norvegiya 3–1 Yevro 2013 1
11 05.02.2012 Solitude, Belfast Shotlandiya 1–6 Oʻrtoqlik 1
12
13 17.09.2014 Mourneview Park, Lurgan Farer orollari 3–0 2015-yil FIFA jahon kubogi 2
14 09.04.2021 Stadion, Ukraine Ukraina 2–1 2022-yil ayollar oʻrtasidagi Yevropa chempionati 1
15 17.09.2021 Inver Park, Larne Lyuksemburg 4–0 2023-yil FIFA jahon kubogi saralash 1
16 21.09.2021 Windsor Park, Belfast Latviya 4–0 2023-yil FIFA jahon kubogi saralash 1
17 25.11.2021 Petar Miloševski Training Centre, Macedonia Shimoliy Makedoniya 11–0 2023-yil FIFA jahon kubogi saralash 3
18 29.11.2021 Seaview, Belfast Shimoliy Makedoniya 9–0 2023-yil FIFA jahon kubogi saralash 2
  1. „Sunderland Sign Rachel Furness“. Sunderland WFC (4-oktabr 2010-yil). Qaraldi: 7-oktabr 2010-yil.
  2. „Under 16 Girls 2003–04“. Durham County Schools FA. 2-aprel 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-oktabr 2010-yil.
  3. „Women's Football“. The Northern Echo (7-mart 2003-yil). Qaraldi: 7-oktabr 2010-yil.
  4. „Embleton joins Cestrians“. The Northern Echo (31-yanvar 2003-yil). Qaraldi: 7-oktabr 2010-yil.
  5. „Best thing I ever did: Rachel Furness, 16, Washington, Tyne and Wear“. Children and Young People Now (6-aprel 2005-yil). 26-iyul 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-oktabr 2010-yil.
  6. Hannah Davies. „Now it's a game for the other half“. Sunday Sun (12-aprel 2005-yil). Qaraldi: 7-oktabr 2010-yil.
  7. „World University Games“. FAI Third Level Football. 29-dekabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-oktabr 2010-yil.
  8. „Reay of hope“. The Football Association (13-iyun 2006-yil). Qaraldi: 7-oktabr 2010-yil.
  9. „World University Games“. Northern Ireland ladies: Why football is a girl thing (31-mart 2010-yil). Qaraldi: 7-oktabr 2010-yil.
  10. 10,0 10,1 10,2 „World University Games“. Northern Ireland ladies: Why football is a girl thing (31-mart 2010-yil). Qaraldi: 7-oktabr 2010-yil."World University Games". Northern Ireland ladies: Why football is a girl thing. 31 March 2010. Retrieved 7 October 2010.
  11. Tony Leighton. „World University Games“. Arsenal and Everton ease to semis (24-fevral 2008-yil). Qaraldi: 7-oktabr 2010-yil.
  12. „Penalties? OOH dear! FIVE PAGES OF GRASSROOTS SPORT START HERE WITH GIRLS FOOTBALL: United's hopes of Cup glory ended by spot of bother“. Newcastle Evening Chronicle (19-dekabr 2009-yil). Qaraldi: 16-iyul 2011-yil.
  13. „Rachel Furness“. KSI.is. Qaraldi: 7-oktabr 2010-yil.
  14. „Sunderland Sign Rachel Furness“. Sunderland WFC (4-oktabr 2010-yil). Qaraldi: 7-oktabr 2010-yil."Sunderland Sign Rachel Furness". Sunderland WFC. 4 October 2010. Retrieved 7 October 2010.
  15. „Furness joins Lincoln on loan“. Sunderland WFC (13-may 2011-yil). Qaraldi: 13-may 2011-yil.
  16. „Lincoln 0 Chelsea 1“. Chelsea Ladies (12-may 2011-yil). 10-iyul 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyul 2011-yil.
  17. „Lincoln Ladies add pace to attack“. Lincolnshire Echo (21-iyul 2011-yil). 6-iyun 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyul 2011-yil.
  18. „Rachel Furness joins Tottenham Hotspur Women on loan from WSL rivals Reading“. BBC Sport (6-sentabr 2019-yil). Qaraldi: 28-dekabr 2019-yil.
  19. „Rachel Furness: Liverpool Women sign Northern Ireland midfielder“. BBC Sport (28-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 28-dekabr 2019-yil.
  20. 20,0 20,1 „Rejected Rachel ready for Northern Ireland bow“. The Northern Echo (6-fevral 2004-yil). Qaraldi: 7-oktabr 2010-yil.
  21. 21,0 21,1 „World University Games“. FAI Third Level Football. 29-dekabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-oktabr 2010-yil."World University Games" (Wayback Machine saytida 29-dekabr 2010-yil sanasida arxivlangan). FAI Third Level Football. Retrieved 7 October 2010.
  22. „Green light for Northern Ireland“. The Technician (2007-yil yanvar). Qaraldi: 7-oktabr 2010-yil.
  23. „Rachel Furness“. UEFA. Qaraldi: 7-oktabr 2010-yil.
  24. „N Ireland 3–1 Norway“. BBC Sport (20-noyabr 2011-yil). Qaraldi: 26-noyabr 2011-yil.
  25. „Lincoln Ladies add pace to attack“. Lincolnshire Echo (21-iyul 2011-yil). 6-iyun 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyul 2011-yil."Lincoln Ladies add pace to attack" (Wayback Machine saytida 6-iyun 2012-yil sanasida arxivlangan). Lincolnshire Echo. 21 July 2011. Retrieved 23 July 2011.