Kontent qismiga oʻtish

Racka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Racka qoʻylarining suruvi

Racka (talaffuzi /rɑːtskɑː/ vengriyacha [ˈrɒts.kɒ]) yoki Hortobágy Racka qoʻylari oʻzining gʻayrioddiy spiral shaklidagi shoxlari bilan mashhur qoʻy zotidir[1]. Bu zotning shoxlari boshqa uy qoʻylarining shoxlariga oʻxshamaydi, uzunligi 2.0 ft (0.61 m) gacha oʻsishi mumkin. Qoʻchqorlarning shoxi eng kamida 20 in (51 cm)ga qoʻylarning shoxi 12–15 in (30–38 cm) smgacha yetadi.

Bu zot koʻp asrlar davomida vengerlar tomonidan oʻstirib kelingan, bir vaqtlar Vengriyada eng keng tarqalgan zot edi[2]. Eng katta suruvlar Vengriyaning Hortobagy dashtlarida yashaydi. Oʻzining noyob xususiyatlari tufayli u Buyuk Britaniya, Qoʻshma Shtatlar va Frantsiyaga koʻproq eksport qilinmoqda. Bu zot sut, jun va goʻsht uchun ishlatiladi[3]. Ularning juni uzun va qoʻpol boʻlib, ikkita umumiy turi bor: och jigarrang va qora. Qoʻylarning vazni 88 lb (40 kg) ga, qoʻchqorlar vazni 132 lb (60 kg)gacha yetishi mumkin[4].

Zotning oʻziga xos koʻrinishi va sokin tabiati tugayli koʻplab havaskorlarning sevimli hayvoniga aylangan[5].

Xususiyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu zotning oʻziga xos xususiyati har ikkala jins vakillarida ham boshning tepasidan toʻgʻri chiqib turadigan uzun spiral shaklidagi shoxlaridir[6].

Racka bilan ikkita asosiy rang turlari mavjud. Eng keng tarqalgan rang — toʻq jigarrang, och jigarrang va oq rang baʼzida qora rangli qoʻylar ham uchraydi. Qora rangli qoʻylarning jun uchlari quyosh nuri taʼsirida qizgʻish qoraga aylanadi, keyinchalik yoshi ulgʻaygan sayin tolalar kulrang tusga kiradi. Tolaning diametri bu zotda oʻzgarib turadi va odatda 12 yoki 40 mikrometr boʻlib, unumdorligi 38% dan 65% gacha. Jun uzunligi taxminan 30 cm (12 in) teng .

Minimal yetilgan qoʻyning tana vazni 40 kg (88 lb), qoʻchqorlarning massasi 60 kg (130 lb)ga yetadi. Qoʻchqorlarning oʻrtacha uzunligi 72 cm (28 in)[7].

Qoʻylar koʻproq sut va goʻshti uchun boqilgan[8]. Yungi juda dagʻal[9].

  1. Gergely, Anikó. Culinaria Hungary, Ruprecht Stempell, Christoph Büschel, Mo Croasdale, Potsdam, Germany: H.F. Ullmann, 2008. ISBN 978-3-8331-4996-2. OCLC 566879902. 
  2. Gergely, Anikó. Culinaria Hungary, Ruprecht Stempell, Christoph Büschel, Mo Croasdale, Potsdam, Germany: H.F. Ullmann, 2008. ISBN 978-3-8331-4996-2. OCLC 566879902. Gergely, Anikó (2008). Culinaria Hungary. Ruprecht Stempell, Christoph Büschel, Mo Croasdale. Potsdam, Germany: H. F. Ullmann. ISBN 978-3-8331-4996-2. OCLC 566879902.
  3. „Breed description: Racka“. Sheep in Hungary. EAAP Animal Genetic Database. 2008-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 29-aprel.
  4. „Racka“. Breeds of Livestock. Oklahoma State University, Dept. of Animal Science. Qaraldi: 2009-yil 29-aprel.
  5. „Racka“. Sheep Breeds - R. Sheep101.info. Qaraldi: 2009-yil 29-aprel.
  6. „Racka“. Breeds of Livestock. Oklahoma State University, Dept. of Animal Science. Qaraldi: 2009-yil 29-aprel.„Racka“. Breeds of Livestock. Oklahoma State University, Dept. of Animal Science. Retrieved 2009-04-29.
  7. „Racka“. Breeds of Livestock. Oklahoma State University, Dept. of Animal Science. Qaraldi: 2009-yil 29-aprel.„Racka“. Breeds of Livestock. Oklahoma State University, Dept. of Animal Science. Retrieved 2009-04-29.
  8. Gergely, Anikó. Culinaria Hungary, Ruprecht Stempell, Christoph Büschel, Mo Croasdale, Potsdam, Germany: H.F. Ullmann, 2008. ISBN 978-3-8331-4996-2. OCLC 566879902. Gergely, Anikó (2008). Culinaria Hungary. Ruprecht Stempell, Christoph Büschel, Mo Croasdale. Potsdam, Germany: H. F. Ullmann. ISBN 978-3-8331-4996-2. OCLC 566879902.
  9. Gergely, Anikó. Culinaria Hungary, Ruprecht Stempell, Christoph Büschel, Mo Croasdale, Potsdam, Germany: H.F. Ullmann, 2008. ISBN 978-3-8331-4996-2. OCLC 566879902.