Radioaloqa
Radioaloqa — ikki yoki bir necha punktlar yoki harakatlanayotgan obʼyektlar (kosmik kema, samolyot, kema va boshqalar) orasida radioto'lqinlar vositasida amalga oshiriladigan aloqa. Radioaloqa uchun barcha diapazondagi radiotoʻlqinlar qoʻllanadi. Radiochastotalardan foydalanish va R. qoidalari xalqaro konvensiya (1908-yil 1 iyulda kuchga kirgan) bilan belgilangan.
Vazifasi va taʼsir chegarasiga qarab, R. xalqaro hamda ichki Radioaloqa liniyasiga bogʻlanadi. Ichki Radioaloqa liniyasi magistral (respublika markazi bilan viloyatlar markazlari orasida va boshqalar) va zonali (viloyat va tumanlar ichidagi) aloqa xillariga boʻlinadi. R. liniyalari mamlakatning Yagona avtomatlashtirilgan aloqa tizimiga kiritiladi. R. xizmati vazifasi, taʼsir uzoqligi, strukturasi va boshqa bilan farq qiladi. Xususan, yerda oʻrnatiladigan va kosmik R. (kosmik R.ga bir yoki bir necha sunʼiy yoʻldoshlar yoxud boshqa kosmik obʼyektlardan foydalaniladigan R.lar kiradi), belgilangan (maʼlum punktlar orasida) va harakatdagi (harakatdagi va statsionar radiostansiyalar yoki harakatdagi radiostyalar orasida); radioeshittirish va televideniyega boʻlinadi.
Radioaloqa va maxsus xizmatlar uchun baʼzi vazirlik va tashkilotlar (Mas, fuqaro aviatsiyasi, temir yoʻl, dengiz va daryo transporti, oʻt oʻchirish, militsiya, tib. xizmat), shuningdek, sanoat, qishloq xoʻjaligi korxonalari va boshqalarda ichki R. xizmatidan foydalaniladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |