Kontent qismiga oʻtish

Radiooʻlchashlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Radiooʻlchashlar — radiotexnik qurilmalarning infratovush va oʻta yuqori chastotalar diapazonidagi ishini ifodalovchi elektr, magnit va elektromagnit kattaliklarni hamda ularning nisbatlarini oʻlchash. R. radiotexnika va elektronika bilan bir davrda paydoboʻlgan. R. elektr kattaliklarni oʻlchash usuliga asoslanadi. R. elektr oʻlchanadigan kattaliklarning koʻpligi va chegarasining kengligidir (Mas, kuchlanish boʻyicha 10 s— 103 V, quvvat boʻyicha 10~16 — 108 Vt, chastota boʻyicha 10~4— 1012gs). Radiooʻlchash usullarining qoʻllanish sohalari: elektr va radioelementlar parametrlarini oʻlchash; yarimoʻtkazgichli va elektrvakuum elementlar, asboblar va qurilmalarning ish rejimini aniqlash; elektron va radiotexnik qurilmalarning tafeilotlarini oʻrganish; radiooʻlchash asboblarini, radiotexnik bloklar, qurilmalar va tizimlarni darajalash hamda kalibrlash (vattmetrlar, radiopriyomniklar va boshqalar).

Ishlatilishiga qarab, lab.da, ishlab chiqarishda va dala sharoitlarida foydalanadigan xillarga boʻlinadi. Laboratoriyada foydalaniladigan R. usullari parametrlarni juda aniq oʻlchashi bilan farq qiladi. Ishlab chiqarishda foydalaniladigan ishlab chiqariladigan buyumlar parametrlarini nazorat qilish uchun xizmat qiladi. Dala sharoitida turli radiotexnik qurilmalar yoki atrof muhit parametrlarini operativ tekshirish va oʻlchashda foydalaniladi.

Vazifasiga qarab, R. kuchlanish, quvvat, chastota va fazalarning siljishini oʻlchaydigan xillarga boʻlinadi.

Noelektr kattaliklar (chiziqli oʻlchamlar, tra, bosim va boshqalar)ni R. usuli bilan aniqlashda radiooʻlchash asboblari turli oʻzgartirgichlar bilan birgaklida qoʻllanadi.

R. radioaloqa, televideniye, radiolokatsiya, avtomatika vositalari, hisoblash texnikasi, diagnostika texnikasi apparatlarini ishlab chiqishda, ishlatishda, shuningdek, elektron asboblar hamda elementlarni tayyorlashda qoʻllanadi. R. usullaridan fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot, geologiya va boshqa sohalarida foydalaniladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil