Radiosensitivlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Radiosezgirlik — hujayralar, toʻqimalar, organlar yoki organizmlarning ionlashtiruvchi nurlanishning zararli taʼsiriga nisbatan sezgirligi.

Radiatsion nurlanish taʼsiriga sezgirlik (radiosezgirlik) — bu hujayra, toʻqima va biologik organizmning ionlashtiruvchi nurlanish taʼsiriga koʻrsatuvchi javob reaksiyasining namoyon boʻlish darajasi hisoblanadi. Radiosezgirlik oʻlchov birligi sifatida nurlanish dozasi (Gr) qiymatidan foydalaniladi. Radiosezgirlik xossasi biologik turlarda va shuningdek, organizmlarda yakka tartibda oʻzaro farqlanadi.

Hujayra sezgirligi turlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hujayralar S fazasida, keyin G bosqichida va hujayra siklining M bosqichida (mitoz-boʻlinish bosqichida) eng sezgir boʻladi. Bu 1906-yilda aniqlangan „ Bergonie va Tribondo qonuni“ bilan tavsiflanadi: yani rentgen nurlari koʻproq reproduktiv faollikka ega boʻlgan hujayralar uchun taʼsirliroqdir.[1][2]

Kuzatishlar natijasida ular tez boʻlinadigan oʻsimta hujayralari odatda tana hujayralarining aksariyatiga qaraganda sezgirroq degan xulosaga kelishgan. Bu tushuncha har doim ham toʻgʻri emas.

Shu bilan birga, eng sezgir hujayralar ajratilmagan, yaxshi oziqlanadigan, tez boʻlinadigan va metabolik faol boʻlgan hujayralar ekanligi koʻrsatildi. Tana hujayralari orasida eng sezgirlari spermatogoniyalar va eritroblastlar, epidermal ildiz hujayralari, oshqozon-ichak ildiz hujayralaridir.[3] Eng kam sezgir hujayra turlariga nerv hujayralari va mushak tolalari kiradi.

Juda sezgir hujayralarga gomositlar va limfotsitlardir ham mansub hisoblanadi, ularning sezgirligining sabablari hozircha aniq emas.

Hujayralarning ionlashtiruvchi nurlanish taʼsiriga har xil uchun genetik asos ham mavjud.[4] Bu bir nechta saraton turlarida va normal toʻqimalarda namoyon boʻldi.[5][6]

Hujayra shikastlanishining tasnifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hujayraning shikastlanishi halokatli (hujayra oʻladi) yoki subletal (hujayra oʻzini tiklay oladi) boʻlishi mumkin. Hujayra shikastlanishi, oxir-oqibatda, Xalqaro Radiologik Himoya Komissiyasiga koʻra, toʻqimalarning reaksiyalari yoki stohastik taʼsirlar sifatida salomatlik buzilishiga olib kelishi mumkin deb tariflanadi.

1902-yilda radiatsion nurlanish taʼsirida teri oʻsma kasalligi kelib chiqishi aniqlangan, shuningdek, odam organizmida toʻqima va organlarning nurlanish taʼsirida keskin oʻzgarishi va oʻlimga olib kelishi mumkinligi qayd qilingan.

Radiatsion nurlanish taʼsirida odam organizmida — oʻtkir va surunkali nurlanish kasalligi, katarakta, leykoz, anemiya, limfoma, miyeloma, qalqonsimon bez saratoni, nafas olish tizimi organlari o‘sma kasalliklari, oshqozon-ichak saratoni, siydik pufagi saratoni, ko‘krak bezi saratoni, tuxumdon va urug ‘don saratoni, teri saratoni, suyak saratoni, miya o ‘smasi va boshqa onkologik kasalliklar kelib chiqishi qayd qilingan. Shuningdek, radiatsiya taʼsirida maʼlum vaqt oʻtganidan keyin yuzaga keluvchi patologik holatlar — jumladan, jinsiy sistema funksiyasi buzilishi, katarakta, genetik o‘zgarishlar qayd qilinadi.

Somatik taʼsir effekti:[tahrir | manbasini tahrirlash]

Radiatsion nurlanishdan keyin oʻsma kasaliklarining barcha shakllari −50-60 yil davomida toʻliq namoyon boʻlishi qayd qilinadi. Radiatsion nurlanishning m aʼlum muddatdan keyin yuzaga keluvchi taʼsiri odam organizmida deyarli barcha organlarda (koʻp hollarda suyak, qon, tuxumdon, oshqozon-ichak, qalqonsimon bezda) o‘sma kasalliklari kelib chiqishi, genetik mutatsiyalar, turli xil kasalliklarga chalinishga moyillik darajasining ortishi (immunitet sistemasi barqarorligi keskin susayishi), bepushtlik, muddatidan oldin qarish jarayoni tezlashishi, ruhiy-asab sistemasi, aqliy rivojlanishning orqada qolishi kabi holatlar bilan ifodalanadi.

Nurlanish kasalligi — odam organizmiga belgilangan, ruxsat etilgan normal dozadan yuqori radiatsion nurlanish taʼsir koʻrsatishi natijasida yuzaga keluvchi, oʻziga xos kasallik belgilariga ega boʻlgan patologik holat hisoblanadi. 

Oʻtkir nurlanish kasalligi — qisqa vaqt davomida 1 Gr (100 Rad) qiymatdan yuqori boʻlgan radiatsiya nurlanishi taʼsirida yuzaga keluvchi patologik holat hisoblanib, radiatsion toksemiya (radiotoksinlar va suv molekulasi radiolizi m ahsulotlarining organizmga salbiy taʼsiri), sitostatik effekt (o"zak hujayralarning boʻlinish xossasi yoʻqolishi), radiatsion kapillyarit, funksional buzilishlar, skleroz, malignizatsiya (radiatsiyaning onkomutagen taʼsiri) rivojlanishi bilan tavsiflanadi.

Surunkali nurlanish kasalligi — uzoq vaqt davomida 1 Gr atrofidagi radiatsion nurlanish taʼsirida boʻlishi natijasida kelib chiqadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „De Quelques Résultats de la Radiotherapie et Essai de Fixation d'une Technique Rationnelle“. Comptes Rendus des Séances de l'Académie des Sciences. 143-jild. 1906. 983–985-bet.
  2. Bergonié, J.; Tribondeau, L. (1959). „Interpretation of Some Results of Radiotherapy and an Attempt at Determining a Logical Technique of Treatment / De Quelques Résultats de la Radiotherapie et Essai de Fixation d'une Technique Rationnelle“. Radiation Research. 11-jild, № 4. 587–588-bet. doi:10.2307/3570812. JSTOR 3570812.
  3. „The sensitivity of lymphocytes to ionising radiation“. The Journal of Pathology and Bacteriology. 64-jild, № 4. 1952-yil oktabr. 687–704-bet. doi:10.1002/path.1700640403. PMID 13000583. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  4. „Radiation adaptive response and cancer: from the statistical physics point of view“. Physical Review E. 99-jild, № 2. 2019. 022139-bet. Bibcode:2019PhRvE..99b2139F. doi:10.1103/PhysRevE.99.022139. PMID 30934317.
  5. „A genetic basis for the variation in the vulnerability of cancer to DNA damage“. Nature Communications. 7-jild. 2016-yil aprel. 11428-bet. Bibcode:2016NatCo...711428Y. doi:10.1038/ncomms11428. PMC 4848553. PMID 27109210. {{cite magazine}}: Invalid |display-authors=6 (yordam); sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  6. „Independent validation of genes and polymorphisms reported to be associated with radiation toxicity: a prospective analysis study“. The Lancet. Oncology. 13-jild, № 1. 2012-yil yanvar. 65–77-bet. doi:10.1016/S1470-2045(11)70302-3. PMID 22169268. {{cite magazine}}: Invalid |display-authors=6 (yordam); sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)