Kontent qismiga oʻtish

Radiospektrometr

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Radiospektrometr [radio..., spektr va metr) — 510~5 m dan ortiq (tebranish chastotasi 3YU12 Gs dan kichik) boʻlgan toʻlqinlar uzunligidagi radiodiapazonda moddalarning yutish va nurlanish spektrlarini tadqiq qilish uchun moʻljallangan asbob. Asosiy qismlari: sezgir radiopriyomnik, zarur toʻlqinlarga sozlanadigan generator, spektrlarni tahlil qiluvchi analizator va qayd qilish qurilmasi. Radiospektrometrning asosiy koʻrsatkichlari: chastota boʻyicha ajrata olish (farqlash) xususiyati va sezgirligi (yaʼni maʼlum bir kuzatish vaqtidagina namoyon boʻluvchi, moddaning minimal yutuvchi zarralari soni bilan belgilanuvchi koʻrsatkich). Radiospektrometr radiospektroskopiya (lab. tajribalarida elektron paramagnit rezonans yoki yadroviy magnit rezonansni tadqiq qilish)da va radioastronomiya (Mas, kosmik radionurlanishlar spektrini tahlil qilish) da qoʻllanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil