Kontent qismiga oʻtish

Radiosport

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Radiosport — sportning texnik turi, qisqa va ultra qisqa toʻlqinlarda havaskorlik radioaloqalarini oʻrnatish, radiogrammalarni tez qabul qilib olish va uzatish, "tulki ovi" i (pelengatorpriyomniklar yordamida maxfiy uzatgich — "tulki"ni izlash) va boshqa boʻyicha turli kompleks musobaqalarni oʻz ichiga oladi. Xalqaro radiohavaskorlik ittifoqi (1925-yil tashkil etilgan)ga 128 mamlakat aʼzo (1987). Jahon chempionatlari 1925-yildan buyon oʻtkaziladi.

Oʻzbekistonda radiosport 1954-yildan paydo boʻlgan. Respublika radiosport chilari sobiq ittifoq va jahon musobaqalarida muntazam qatnashib mukofotli oʻrinlarni egallaganlar Yu. P. Kormayev, S. M. Kirvitskiy, G. G. Tursunov, S. D. Ju'ravlev, S. Krasikov, M. V. Ribalov, Y. Rahimov radiosportning rivojlanishiga katta hissa qoʻshdilar. Hozirgi vaqtda Toshkent shahri, Toshkent, Fargʻona, Andijon, Samarqand, Xorazm viloyatlarida radiotexnika maktablari, shuningdek, sporttexnika klublarida radiosport boʻyicha 200 ga yaqin seksiyalar ishlab turibdi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil