Radomir Đalović
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Radomir Đalović | ||
Tavallud sanasi | 29-oktyabr 1982-yil | ||
Tavallud joyi | Bijelo Polje, SFR Yugoslaviya | ||
Boʻyi | 1.86 m | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Grbalj | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1999-2000 | Jedinstvo Bijelo Polje | 9 | (3) |
2000-2001 | Red Star Belgrade | 14 | (2) |
2001-2002 | Železnik | 24 | (4) |
2002-2006 | Zagreb | 72 | (24) |
2005-2006 | → Arminia Bielefeld (ijara) | 29 | (3) |
2006-2007 | Kayseri Erciyesspor | 27 | (2) |
2007-2008 | Rijeka | 31 | (18) |
2008-2009 | Rapid Bucharest | 24 | (2) |
2009-2011 | Rijeka | 41 | (15) |
2011-2012 | Amkar Perm | 27 | (3) |
Milliy terma jamoa | |||
2003-2004 | Serbia and Montenegro U21 | 6 | (1) |
2007-2011 | Montenegro | 26 | (7) |
Xalqaro medallar | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (20-iyul uchun) |
Radomir Đalović (1982-yil, 29-oktyabrda tugʻilgan) — chernogoriyalik professional futbolchi[1]. Xalqaro musobaqada u Chernogoriya sharafini himoya qilgan.
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yoshligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bijelo Polye shahrida tugʻilgan Đalović futbolchilik faoliyatini ona shahri FK Jedinstvo Bijelo Polje klubida boshlagan. Tez orada uni Red Star Belgrade klubi payqab qoldi va oʻsha paytda Red Star klubi Perica Ognjenovic ismli futbolchisini Real Madrid klubiga sotgan edi. Đalović Bijelo Polyedagi jamoadoshlariga nisbatan kuchli va juda yetuk oʻyinchi boʻlib, Belgrade jamoasini hayratda qoldirdi va ular bilan shartnoma imzoladi, ammo „Red Star“ safida hech qachon yaxshi taassurot qoldira olmadi. Jamoa bilan atigi yarim mavsum oʻtkazganidan soʻng, FK Zeleznik klubiga oʻtib ketgan. Keyinchalik, Turkiyaning Kayseri Erciyesspor klubidagi faoliyatidan soʻng, Đalovich NK Zagreb va ambitsiyali NK Rijeka klublarida yaxshi taassurot qoldira oldi. U oʻzining tezligi, chaqqonligi va sport mahorati bilan mashhur edi, bu esa unga qaychi uslubidagi ajoyib zarbalarni amalga oshirish imkonini berdi.
Sepahan
[tahrir | manbasini tahrirlash]Đalović 2012-yilning yozida Eronning Sepahan jamoasiga kelib qoʻshildi, oʻsha paytda Sepahan klubiga Đalović bilan tanish boʻlgan Zlatko Kranjčar bosh murabbiylik qilardi. Aytilishicha, Sepahan Amkarga Đalovićning Eronga olib kelish uchun 600 000 yevroga teng pul toʻlagan ekan[2]. Đalović 2013-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichida „Al Nasr SC“ (Dubay) va "Al-Ahli" (Jidda) jamoalariga qarshi oʻyinlarda gol urib, hammani hayratda qoldirgan bo‘lsada, „Sepahan“ klubi o‘sha mavsumda „C“ guruhidan chiqa olmadi.
Shanghai Shenxin
[tahrir | manbasini tahrirlash]2014-yilning fevralida Đalović Xitoy Superligasi vakili Shanghai Shenxin klubiga oʻtdi[3].
Titograd OFK
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yil, 28-iyun kuni Titograd OFK Đalović bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[4].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]U Chernogoriya terma jamoasi safida 2007-yilning oktyabrida Estoniya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan va jami terma jamoa safida 26 ta oʻyin oʻtkazib (22 tasi rasmiy oʻyinlardir), 7 ta gol urgan va bu bilan Chernogoriya tarixidagi eng yaxshi toʻpurarlar roʻyxatida oltinchi oʻrinni egalladi[5]. Uning soʻnggi xalqaro oʻyini 2011-yil noyabr oyida Chexiya terma jamoasiga qarshi Yevropa chempionati saralash oʻyinida boʻlgan[6]. 2012-yil, 18-fevralda shaxsiy sabablarga koʻra nafaqaga chiqdi.
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2016-yil, 17-mart holatiga ko'ra
Jamoa | Liga | Kubok | Qitʼa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mavsum | Klub | Liga | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol |
Serbiya va Chernogoriya | Liga | Kubok | Qitʼa | Jami | ||||||
1999-00 | Jedinstvo B.Polje | First League of Serbia and Montenegro | 9 | 3 | - | - | 9 | 3 | ||
2000-01 | Red Star Belgrade | 14 | 2 | - | - | 14 | 2 | |||
2001-02 | FK Železnik | 24 | 4 | - | - | 24 | 4 | |||
Xorvatiya | Liga | Kubok | Qitʼa | Jami | ||||||
2002-03 | NK Zagreb | Prva HNL | 25 | 8 | 3 | 0 | 1 | 0 | 29 | 8 |
2003-04 | 29 | 9 | 2 | 0 | 2 | 1 | 33 | 10 | ||
2004-05 | 18 | 7 | 1 | 1 | - | - | 19 | 8 | ||
Germaniya | Liga | Kubok | Qitʼa | Jami | ||||||
2004-05 | Arminia Bielefeld | Bundesliga | 8 | 1 | - | - | 8 | 1 | ||
2005-06 | 21 | 2 | 4 | 1 | - | - | 25 | 3 | ||
Turkiya | Liga | Kubok | Qitʼa | Jami | ||||||
2006-07 | Kayseri Erciyesspor | Süper Lig | 27 | 2 | - | - | 27 | 2 | ||
Xorvatiya | Liga | Kubok | Qitʼa | Jami | ||||||
2007-08 | NK Rijeka | Prva HNL | 31 | 18 | 2 | 1 | 2 | 0 | 35 | 19 |
Ruminiya | Liga | Kubok | Qitʼa | Jami | ||||||
2008-09 | Rapid București | Liga I | 22 | 2 | 2 | 0 | 1 | 0 | 25 | 2 |
2009-10 | 2 | 0 | - | - | 2 | 0 | ||||
Xorvatiya | Liga | Kubok | Qitʼa | Jami | ||||||
2009-10 | NK Rijeka | Prva HNL | 21 | 10 | 2 | 1 | - | - | 23 | 11 |
2010-11 | 20 | 5 | 3 | 2 | - | - | 23 | 7 | ||
Rossiya | Liga | Kubok | Qitʼa | Jami | ||||||
2011-12 | FC Amkar Perm | Russian Premier League | 27 | 0 | 1 | 0 | - | - | 28 | 0 |
Eron | Liga | Kubok | Qitʼa | Jami | ||||||
2012-13 | Sepahan | Iran Pro League | 26 | 4 | 2 | 0 | 5 | 2 | 33 | 6 |
2013-14 | 13 | 2 | 1 | 0 | 0 | 0 | 11 | 2 | ||
Xitoy | Liga | Kubok | Qitʼa | Jami | ||||||
2014 | Shanghai Shenxin | Chinese Super League | 3 | 0 | 0 | 0 | - | - | 3 | 0 |
Tailand | Liga | Kubok | Qitʼa | Jami | ||||||
2014 | BEC Tero Sasana F. C. | Thai Premier League | 14 | 2 | 0 | 0 | - | - | 14 | 2 |
2015 | Bangkok F. C. | Thai League Division 1 | 33 | 15 | 0 | 0 | - | - | 33 | 15 |
Chernogoriya | Liga | Kubok | Qitʼa | Jami | ||||||
2015-16 | Budućnost | Montenegrin First League | 5 | 1 | 0 | 0 | - | - | 5 | 1 |
Karyera jami | 403 | 95 | 23 | 6 | 11 | 3 | 403 | 95 |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Red Star Belgrade
- Yugoslaviya birinchi ligasi: 2000-01
Sepahan
- Hazfi kubogi: 2012-13
Budućnost Podgoritsa
- Chernogoriya Birinchi ligasi: 2016-17
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Djalovic, Radomir“ (German). kicker.de. Qaraldi: 2011-yil 1-may.
- ↑ „Pobjeda: Bivši crnogorski reprezentativac pojačao šampiona Irana: Đalović ponovo kod Kranjčara“ (Serbian). pobjeda.me (2012-yil 16-iyul). Qaraldi: 2013-yil 15-iyul.
- ↑ „申鑫第五外援前黑山国脚抵沪“. sports.sina.com (2014-yil 15-fevral). Qaraldi: 2014-yil 3-mart.
- ↑ RADOMIR ĐALOVIĆ IS OFK TITOGRAD’S NEW PLAYER (Wayback Machine saytida 2019-07-09 sanasida arxivlangan), ofktitograd.me, 28 June 2019
- ↑ Goalscoring for Montenegro National Team — RSSSF
- ↑ „Player Database“. eu-football.info. Qaraldi: 2020-yil 27-avgust.