Rafadan Tayfa
Rafadan Tayfa | |
---|---|
Janri | Sarguzasht komediya |
Muallif(lar) | İsmail Fidan |
Rejissyor | İsmail Fidan |
Ssenariynavis(lar) | Ozan Civit |
Rollarda | Hayri, Kamil, Mert, Akın, Sevim, Hale, Rüstem Abi, Basri Amca |
Ovoz berganlar |
Levent Kol Hakan Coşar Zeynep Şirin Giobbi Yağmur Sergen Emine Sergen Kazbek Seçil Akıncılar Nusret Çetinel Bülent Yıldıran Pervin Ünalp |
Tematik musiqa bastakori | İsmail Fidan |
Bastakor(lar) | Tarkan Ergün |
Qismlar boshidagi musiqa | Rafadan Tayfa jenerik |
Qismlar oxiridagi musiqa | Rafadan Tayfa jenerik |
Mamlakat | Andoza:Bayraksimge Türkiye |
Til | Türkçe |
Mavsumlar soni | 5 |
Qismlar soni | 115 |
Ishlab chiqarish | |
Prodyuser(lar) | İsmail Fidan |
Joy | İstanbul'da, Anadolu Yakası'dagi, xayoliy bir mahalla |
Qism davomiyligi | 13 — 14 minut |
Studiya(lar) | ISF Studios |
Efirga uzatilishi | |
Telekanal | TRT Çocuk |
Tasvir formati | 16:9 1080p |
Translyatsiya davri | 2014-yil 1-dekabr-davom etmoqda |
Tashqi havolalar | |
Rasmiy sayti |
Rafadan Tayfa- 2014-yil 1-dekabrdan boshlab TRT Çocuk telekanalida efirga uzatila boshlagan turk animatsion multifilmi. ISF Studios kompaniyasi tomonidan Ankarada ishlab chiqarilgan. Multfilmning produsyeri va rejissori Ismoil Fidan[1][2]. Bugungi kunda Ramazon oyida efirga uzatiladigan Ramazan Tayfa va har kuni efirga uzatiladigan Trafik Tayfa va Dijital Tayfa kabi turli seriyalari mavjud.
Mavzusi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Multfilm „Rafadan Tayfa“ nomli bir guruh doʻstlarning sarguzashtlaridan iborat. Multfilm 90-yillardagi mahalla hayoti va samimiy insoniy munosabatlarni aks ettiradi. Bu guruhning nomi esa, filmning bir epizodini suratga olish jarayonida Hayrining ochlikdan „Kafadan Tayfa“ oʻrniga „Rafadan Tayfa“ deb yuborishi natijasida kelib chiqqan. Bu nomni tanlashlarining sababi bu nom insonlarni oʻziga jalb qiladi[3].
Istanbulning Anadolu Yakası tomonida joylashgan mahallada yashovchi bu doʻstlar guruhi bilan har xil kulgili voqealar va sarguzashtlar sodir boʻladi. Filmda ana shu quvnoq voqea va hodisalar goʻzal va taʼsirli koʻrsatilishi bilan birga, 90-yillardagi insonlar oʻrtasidagi samimiylik, iliqlik, qoʻshnichilik munosabatlari ham oʻz aksini topadi. Baʼzan seriyalar oxirida nasihatlar qilinadi. Ular Bizim Bahçe jurnalidagi "Fikri bilan Hayri" boʻlimining qahramonlarining nusxasi sifatida tanilgan. Multfilm har kuni soat 10:40, 15:35 va 18:50 da TRT Çocuk kanalida efirga uzatiladi.
Ishlab chiqarishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Multfilmning produsyeri va rejissyori-İsmail Fidan. Musiqasini Tarık Ergün bastalamoqda.
Multfilmning prodyuserlik dizayni Ozan Civitga tegishli. Multfilm qahramonlari dizaynini H. Celal Koç, 2D personaj dizaynini Ömer Ayar, personajlarni modellashtirishni esa Mustafa Abacı amalga oshirmoqda. Filmning vizual effektlari Kubilay Kafkaslı va Ömer Ayar tomonidan yaratilmoqda. Film Ankarada ISF Studios tomonidan ishlab chiqarilmoqda[4].
Efirga uzatish taqvimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavsum | Efirga uzatilish vaqti | Boʻlimlar soni | Boʻlim diapazoni | TV kanali | Televidineyada efirga chiqqan mavsum |
---|---|---|---|---|---|
1. Mavsum | 14:30 va 19:25 | 13 | 1-13 | TRT Çocuk | 2014-yil |
2. Mavsum | 14:40 va 19:20 | 13 | 14-26 | TRT Çocuk | 2015-yil |
3. Mavsum | 14:55 va 19:30 | 13 | 27-39 | TRT Çocuk | 2016-yil |
4. Mavsum | 14:05, 18:55 va 22:10 | 13 | 40-52 | TRT Çocuk | 2017-yil |
5. Mavsum | 14:30 va 17:50 | 13 | 53-65 | TRT Çocuk | 2018-yil |
6. Mavsum | 15:50 va 18:55 | 13 | 66-78 | TRT Çocuk | 2019-yil |
7. Mavsum | 15:55 va 18:55 | 13 | 79-91 | TRT Çocuk | 2020-yil |
8. Mavsum | 10:40, 15:35 va 18:50 | 13 | 92-104 | TRT Çocuk | 2021-yil |
9. Mavsum | 05:00, 10:40, 15:35, 18:50 va 22:30 | 10 | 105-114 | TRT Çocuk | 2022-yil |
Qahramonlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ovoz beruvchi | Qahramon | Boʻlim | Izoh |
---|---|---|---|
Zeynep Şirin Çetinel Giobbi | Akın Yıldız | 1- | U Mertning ukasi va Rafadan Tayfa guruhining eng kichik aʼzosi. Juda aqlli va izlanuvchan. Hayvonlarni juda yaxshi koʻradi va ular haqida juda koʻp maʼlumotlarga ega. U filmdagi voqealarga oydinlik kiritishi bilan tanilgan. |
Yağmur Sergen | Kamil Bayramoğlu | 1- | Rafadan Tayfaning uyquchi aʼzosi. U mahalladagi yagona oziq-ovqat doʻkoni “Nuri Bakkal”ga rahbarlik qiladi. Uxlashni juda yaxshi koʻradi va har doim uxlashni xohlaydi. Shuningdek, u koʻplab kitob va ensiklopediyalarni oʻqiydi; kerak boʻlganda qiziqarli maʼlumotlarni baham koʻradi. U Hayri bilan juda yaqin doʻst boʻlib, ular doim janjallashsalar ham, aslida bir-birlarini juda yaxshi koʻrishadi. |
Levent Kol | Hayri Ceviz | 1- | Rafadan Tayfa guruhining eng ochkoʻz aʼzosidir. Mahalladagi “Paxlava doʻkoni ”ga rahbarlik qiladi. U doim ovqat haqida oʻylaydi va ovqatlanishdan boshqa hech narsani oʻylamaydi. Voqealarni boʻrttirishni yaxshi koʻradi. Kamil bilan yaqin doʻst boʻlib, u bilan doim bahslashsa ham, aslida uni juda yaxshi koʻradi. |
Hakan Coşar | Mert Yıldız | 1- | U Akinning akasi va Rafadan Tayfaning yetakchisi. Voqealarga nisbatan ogʻirbosiq va xotirjam munosabat bildirishi bilan mashhur. Koʻpincha Hayri va Kamil oʻrtasidagi tortishuvlarga yakun yasaydi. Akasi Akin kabi u ham juda aqlli. Guruhning eng tartibli aʼzosi sifatida ham mashhur. |
Seçil Akıncılar | Sevim Bilgin | 1- | U Halening eng yaxshi doʻsti. Rafadan Tayfaga yaqin, lekin tez-tez shunchalik gʻazablanadiki, huddi oʻzidan olov sachratadi. |
Emine Sergen Kazbek | Hale Ceviz | 2- | U Hayrining singlisi. Akasi kabi biroz semiz boʻlsa ham, akasidek har doim ovqat haqida oʻylamaydi. |
Levent Kol | Rüstem Abi | 1- | U mahallaning oʻrta yoshli fuqarosi. Kotletli non sotish bilan kun kechiradi. Rafadan Tayfani juda yaxshi koʻradi. Kerak boʻlganida, Tayfaga katta yordam beradi. Ramazan Tayfa multfilmida u barabanchi. |
Nusret Çetinel | Basri Amca | 1- | U mahallaning keksa, tez jahli chiqadigan, lekin shu bilan birga mehribon va yolgʻiz yashovchi fuqarosi. U hovlisiga ruxsatsiz kirishlarini yoqtirmaydi va bundan juda gʻazablanadi. Avvaliga Rafadan Tayfadan qattiq jahli chiqib, ular bilan til topisha olmasa ham, keyinchalik gʻazabidan tushib, sevib qoladi. Keksalik uning eng katta qoʻrquvidir, u hech qachon oʻz keksaligini tan olmaydi. |
Levent Kol | Yumak | 1- | U Basriy amakining iti. Avvaliga Akin tomonidan qarovsiz holda topib olinadi, keyinchalik Akin uni Basri amakiga ishonib topshiradi. |
Pervin Ünalp | Fatma Nine | 42- | U mahallada yashovchi qariya. U Rustem Abining buvisi. Rafadan Tayfani oʻz farzandlaridek yaxshi koʻradi va ular bilan juda yaxshi munosabatda boʻladi. |
Bülent Yıldıran | Sadettin Usta | 44- | U mahalla ustasi. Oqsoqlangani uchun hassadan foydalanadi. Shuningdek mahalla donishmandi. Koʻpincha u uyqusizligi tufayli uning ishlarida kutilgan natijaga erisholmaydi. Rafadan Tayfaga juda yaqin boʻlgan keksa amaki. |
İsmet Numanoğlu | Kuşçu Baba | Trafik Tayfa,Rafadan Tayfa:Dehliz Macerası,Rafadan Tayfa,Rafadan Tayfa: Göbeklitepe | U mahalladagi kutubxonada ishlaydigan qariya. Rafadan Tayfaning filmlarida va „Trafik Tayfa“ boʻlimida rol oʻynaydi. |
Kino
[tahrir | manbasini tahrirlash]2014-yilning 1-dekabr kuni TRT Çocuk telekanalida efirga chiqqan Rafadan Tayfa, vaqt oʻtishi bilan koʻplab tomoshabinlarga ega boʻlgani sababli multfilm ishlab chiqaruvchilar guruhi film suratga olishga qaror qiladilar.
2018-yil 26-oktabrda kinoteatrlarga chiqqan "Rafadan Tayfa: Dehliz Macerası " nomli film, bu jarayonning birinchi ishi boʻldi. Sarguzashtlarga boy mazkur film 18 million turk lirasidan ortiq daromad keltirdi[5]. Ommaning yuqori talabiga koʻra, prodyuserlar guruhi bir yildan keyin, 2019-yil 27-dekabrda ikkinchi film "Rafadan Tayfa: Göbeklitepe"ni ishlab chiqardi. Bu film birinchisiga qaraganda katta muvaffaqiyatga erishdi va 55,7 million turk lirasi miqdorida daromad keltirdi[6]. Bundan tashqari, ushbu film Turkiyada hozirgacha eng koʻp tomosha qilingan animatsion film boʻldi[7]. Filmda Turkiyaning Şanlıurfa viloyatidagi Göbeklitepeni tasvirlanishi madaniy jihatdan muvaffaqiyatli va taʼsirli loyiha sifatida koʻrildi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Rafadan Tayfa’nın yönetmeni ile konuştuk: Kendimizi çocuk gibi görürüz“ (tr-TR). Yeni Şafak (4 eylül 2021). 10 eylül 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10 eylül 2021.
- ↑ „ISF STUDIOS - İletişim“. 15 temmuz 2015da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16 mayıs 2015.
- ↑ „Türkiye'nin Çocuk Kanalı, Canlı TV, Çizgi Film İzle, Yarışmalara Başvur“ (Türkçe). TRT Çocuk. 22 ocak 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10 eylül 2021.
- ↑ „Rafadan tayfa nerede çekiliyor? İşte Rafadan tayfa Studiosu“ (Türkçe). Haberler Ankara. 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10 eylül 2021.
- ↑ „Rafadan Tayfa Dehliz Macerası filminin konusu ne?“ (Türkçe). www.sozcu.com.tr. 6 ağustos 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10 eylül 2021.
- ↑ „Rafadan Tayfa Göbeklitepe Filmi Nerede Çekildi? Rafadan Tayfa Göbeklitepe Filmi Hangi Tarihte, Ne Zaman Çekildi? Rafadan Tayfa Göbeklitepe Filmin Konusu Nedir, Oyuncuları Kimlerdir?“ (Türkçe). Haberler Ankara. 10 eylül 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10 eylül 2021.
- ↑ „Seyirci Rekortmeni Animasyon Filmleri - Tüm Zamanlar“ (Türkçe). Box Office Türkiye. 8 ağustos 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10 eylül 2021.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rafadan Tayfa rasmiy veb-sayti 2015 4 Temmuz 2015 tarihinde
- ISF STUDIOS rasmiy veb-sayti 2015-yil - 14 Temmuz 2015 tarihinde -da arxivlangan
- Rafadan Tayfa Twitter akkaunti
- Rafadan Tayfa Facebook akkaunti
- TRT Child koʻrsatuvi 3 Ocak 2022 tarihinde da
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |