Kontent qismiga oʻtish

Rafiq Sayfulin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rafiq Sayfulin – Sharqshunos-filolog-eronshunos, tarix fanlari nomzodi. 1958-yil Toshkent shahrida tugʻilgan. ToshDU (hozirgi OʻzMU) sharq fakultetining 1980-yil bitiruvchisi.

1980 – 1994-yillar OʻzR harbiy taʼlim va tadqiqot markazlari xodimi. OʻzFASHI da sirtqi aspirant; 1994-yildan «OʻzR Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqot institutida direktor muovini; 2000–2002-yillar Strategik tahlil va prognozlash Oliy maktabi boshligʻining ilmiy tadqiqot ishlari boʻyicha muovini; 2002-yildan siyosat, iqtisod va havfsizlik masalalari boʻyicha xususiy maslahatchi.

Ilmiy yoʻnalishi – siyosatshunoslik. 30 ga yaqin ilmiy ishlar muallifi. Mintaqaviy va xalqaro havfsizlik masalalari boʻyicha tashkil etilgan bir qancha xalqaro konferensiyalar va seminarlar qatnashchisi.

Asosiy ilmiy ishlari:

Nomz. diss. mavzusi: “Aprelskaya revolyutsiya v Afganistane i formirovaniye voorujennыx sil stranы”. – T., 1988.

1. Fergana Valley – key to the Central Asia // Centre for Strategic Studies. -Washington, 1996. – ingliz tilida.

2. Islam and Asia: vision from Uzbekistan. IIS, Foreign Office. –Tokyo, 1997. – ingliz tilida.

3. Regional security in Central Asia: reasons for worry or optimism? Chatem House. – London, 1998.