Rahim Olimjonov
Rahim Olimjonov (1913.10.7 — Toshkent — 1985.17.2) — entomolog olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1952), biologiya fanlari doktori (1949), professor (1950). Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakultetini tugatgan (1934). Oʻrta Osiyo oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy tadqiqot institutida ilmiy xodim (1935 — 37). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Zoologiya sektori ilmiy xodimi (1939—40). Botanika va zoologiya instituti direktori oʻrinbosari (J941-44). UzDU rektori (1950-55). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya va parazitologiya instituti entomologiya laboratoriya mudiri (1956—72), shu institut direktori (1958— 61), Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti entomologiya kafedrasi mudiri (1972— 81). Ilmiy asarlari gʻoʻza, beda va boshqa ekinlar zararkunandalarini oʻrganish va ularga qarshi kurash choralariga bagʻishlangan. Entomologiya darsligini tuzgan (1977).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Pochvoobitayushiye i pripochvennie formi nasekomix oroshayemix zemel Oʻzbekistona. T., 1972; Formirovaniye vrednoy entomofauni xlopchatnika i lyuserni v Karshinskoy stepi, T., 1974.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |