Kontent qismiga oʻtish

Rahmatjon Latipov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Rahmatjon Mamadaliyevich Latipov (1941.1.5, Samarqand) — opera xonandasi (tenor), Oʻzbekiston xalq artisti (1999). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1970). Samarqand opera va balet teatri (1970—92), Navoiy teatri (1992-yildan) da yakkaxon xonanda. Oʻzgarishlarga boy, chiroyli va kuchli ovoz sohibi. Opera sahnasida Moniy (M. Ashrafiy, "Dilorom"), Choʻponali (S. Yudakov, "Maysaraning ishi"), Almaviva (J. Rossini, "Sevilya sarta-roshi"), Alfred, Gersog, Manrike, Otello (J. Verdi, "Traviata", "Rigoletto", "Trubadur", "Otello"), Lenskiy, German (P. Chaykovskiy, "Yevgeniy Onegin", "Qargʻa motkasi") va boshqa; operettada Danila (Legar, "Xushchaqchaq beva"), Genrix Eyzenshteyn (Shtraus, "Koʻrshapalak") kabi rollarni ijro etgan. Konsert repertuaridan oʻzbek va rus kompozitorlari romanlari hamda estrada qoʻshiqlari (I. Akbarovning "Yor, kel", "Raʼno", S. Yudakovning "Kuylama, sohibjamol" va boshqalar), neapol xalq qoʻshiqlari oʻrin olgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil