Kontent qismiga oʻtish

Rahmatulla Alimov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Rahmatulla Alimov
Rahmatulla Alimovich Alimov
Tavalludi 25-noyabr 1902-yil
Vafoti 2-yanvar 1987-yil(1987-01-02)
(84 yoshda)
Toshkent
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston

Rahmatulla Alimovich Alimov (1902.25.11 — Toshkent — 1987.2.1) — Oʻzbekiston fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1943), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan irrigator (1950), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1972). Moskva suv xoʻjaligi injenerlari institutini tugatgan (1930). Suv xoʻjalik qurilishi ob’ektlarida injener (1930-39), Oʻzbekiston SSR Yengil sanoat (1939- 40) va Oʻzbekiston SSR suv xoʻjaligi (1941-43) xalq komissari, „Farhod-qurilish“ boshligʻi, „Gidroproyekt“ institutining 327Oʻrta Osiyo boʻlimi rahbari (1943-50). Oʻzbekiston SSR Suv xoʻjaligi vaziri (1951-56), Oʻzbekiston fanlar akademiyasi Suv muam-molari va gidrotexnika instituti direkto-ri (1956-63), Oʻrta Osiyo irrigatsiya institutida boʻlim mudiri (1964-80), guruh rahbari (1981-yildan). Alimov ilmiy ishlari suv resurslaridan irrigatsiya va energe-tika maqsadlarida foydalanish usullarini yaratish va kopleks maqsadlardagi gidroinshootlar parametralarini aniqlashga bagʻishlangan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston davlat mukofoti laureati (1973).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil