Kontent qismiga oʻtish

Rahmonqul Joʻrayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Rahmonqul Jo'raevdan yoʻnaltirildi)
Rahmonqul Joʻrayev

Ma'rifatchi
Tavalludi Sarvak, Tojik Avtonom Shoʻro Sotsialistik Jumhuriyati, Sovet Ittifoqi
Vafoti 16-aprel, 2008-yil, (83 yoshda)
Sarvak, Tojikiston bayrogʻi Tojikiston
Fuqaroligi Sovet Ittifoqi, Tojikiston bayrogʻi Tojikiston
Mukofotlari

Tojikiston xalq maorifi aʼlochisi

Jasurligi uchun
Bilimi C.M.Kirova nomidagi Leninobod Pedagogika Instituti
Otasi Qoʻshqulov Joʻraboy
Onasi Imomqulova Zarbibi
Bolalari Isoqjon,Karimjon, Abduvohid, Abduvali, Mukarram

Joʻrayev Rahmonqul Joʻraboyevich(1925-yil, Tojikiston, Leninobod viloyati, Asht tumani)- Tojikiston maorif arbobi ikki bor Xalq maorifi aʼlochisi unvoni sohibi, ijtimoiy faol va ma'rifatchi. Millati jixatidan Oʻzbek. Punuk jamoatiga qarashli Togʻli Sarvak qishlogʻida dunyoga kelgan. Otasi Qoʻshqulov Joʻraboy haqida aniq maʼlumotlar yoʻq, lekin Rahmonqul bir yoshga toʻlganda olamdan oʻtgan. Onasi Imomqulova Zarbibi esa 16 yoshga etganda bu yorugʻ dunyoda Rahmonqulni yolgʻiz qoldirishadi. 12 yoshidan jamoatidagi „Qizil yulduz“ kolxozida hisobchi boʻlib oʻzining ilk ish faoliyatini boshlaydi.

Ulugʻ vatan urushi vaqtlari
Fayl:Ulugʻ vatan urushi Sevastopol shahridagi changdagi surʼat.jpg
Ulugʻ vatan urushi Sevastopol shahridagi changdagi surʼat Joʻrayev Rahmonqul 1944
Ulugʻ Vatan urushining qirq yilligi ordeni
Sovet armiyasi va flotining 30 yilligi iftixornomasi

Ikkinchi jahon urushining boshlanishi ularning oilasiga ham taʼsir koʻrsatib 1943-yil baxorida 18 yashar Rahmonqul oʻz vatanini ximoya qilish uchun frontga joʻnaydi.U avvaliga Chirchiq shahrida 13-inchi extiyotiy harbiy tayyorgarlikdan oʻtib 1943-yilning iyunida 4-Ukrainafrontidagi Suvorov nomli „Qizil bayroq“ ordenli 168-gvardiyachi artilleriya polkida jangga kiradi. 1944-yili Qrim,Sevastopol, Kenigsbergni ozod qilinishida qatnashgan, soʻng 3-Belorussiya frontining Orta-Viynbek yoʻnalishi boʻyicha Kenigsberg shahrini ozod qilinishida ham qatnashgan. 1945-yili 9-mayida gʻalabani oʻz hamdiyori Shamsiddin Ortiqov bilan qarshi olgan. Raxmonqul Joʻraev Ikkinchi jahon urushida vayron boʻlgan joylarni qayta tiklashda ham ishtirok etgan. Shuningdek Leningrad viloyatining Pushkin shahrida qayta ta'mirlash ishlarida qatnashib, sakkiz yildan soʻng serjant unvoni bilan oʻz ona qishlogʻiga qaytib keladi. Shu vaqtlarda 1948-yili Sovet Ittifoqining Kommunistik partiyasiga aʼzo boʻlgan. Rahmonqul Joʻraev jangda koʻrsatgan xizmatlari uchun «Jasurligi uchun» medali, «Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun» medali, Kenigsberg ishgʻol qilingani uchun medali, «Jangovar hizmatlari uchun» medali, Sovet armiyasi va flotining 30 yilligi yubiley medali va boshqa qator ordenu medallar bilan davlat tomonidan munosib taqdirlangan.

Faoliyat davri
1977-yili olingan Xalq maorifi aʼlochisi unvoni
Xalq ovozi nashriyoti 2010 yil
Joʻraev Rahmonqul nomidagi 52 oʻrta umumtaʼlim maktabi

Xizmatdan soʻng 1951-1956-yillarda Oʻra-teppa shahridagi pedagogika kollejini sirtki boʻlimini qizil diplom bilan yakunlagan. 1952-1955-yillarda Punuk qishloq jamoatida butun xalq ovozi bilan deputat etib saylangan. Keyinchalik darhol 1956-1961-yillar oraligʻida Leninobod shahridagi pedagogika institutida Oʻzbek tili va uning mohiyatlari sohasida oʻqituvchilik kursida taʼlim oladi. Rahmonqul Joʻraev 1955-yilda „Qizil yulduz“ nomli maktabga direktor etib saylanib va bu maktabda 12 yil rahbarlik qilgan. Uning tashkilotchilik qobiliyatini inobatga olinib 1967-yilda Togʻli Sarvak qishlogʻidagi „oktabr 50 yilligi“ yangi maktabiga direktor etib tayinlanadi.1973-1986-yillari esa Asht nohiyasi Qalam qishlogʻidagi oʻzbek maktabiga direktor va direktor oʻrinbosari boʻlib ish yuritgan. Maorif sohasidagi xizmatlari inobatga olinib, bir necha marta nohiya, viloyat hamda Tojikiston vazirligi iftixornomalari va ikki marotiba Tojikiston xalq maorifi aʼlochisi (1977 va 1985-yillarda) unvonlarining sohibiga boʻlgan. 1959-1963-yillar oraligʻida Togʻli Sarvakdan taxminan 42 kmga janubga odamlar koʻchib tusha boshlashgani tufayli Rahmonqul ham, koʻchib oʻtadi. Ushbu Sirdaryo sohillaridan berilgan joylar yillar oʻtib oʻzbeklar yashaydigan yirik joy sifatida Sarvak deya atala boshlangan. 1964-yil davlat tomonidan Sarvakdan, Rahmonqulga qilgan xizmatlari evaziga 500-kvadrat metr uy qurib yashashi uchun joy ajratib beriladi. Rahmonqul Joʻraev 16-aprel 2008-yili vafot etgan va Oriyon jamoatining Tojikoqjar qabristoniga dafn qilingan.