Kontent qismiga oʻtish

Raim Bozorboyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Raim Bozorboyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1912-yil
Turkiston viloyati Chag'a qishlog'i
Fuqaroligi Qozogʻiston fuqarosi
Millati Qozoq
Kasbi
  • oʻqituvchi

Raim Bozorboyev (1912-yilda tugʻilgan) — qozogʻistonlik ziyoli oʻqituvchi, turli sohalarda faoliyat yuritgan xalq fidoyisi.

Hayoti va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Raim Bozorboyev Turkiston viloyatining Chagʻa qishlogʻida tavallud topgan. 1925-yili Turkiston shahrida boshlangʻich maktabni bitirgach, 1925—1929-yillari Toshkentga kelib erlar maorif institutida oʻqishni davom ettiradi va shu institutda oʻqituvchi vazifasida tajriba oʻtash uchun olib qolingan. Keyinchalik Samarqanddagi institutda va pedagogika texnikumida oʻqituvchi vazifasida faoliyatini olib boradi. 1931—1932-yillarda bolalar kommunistik harakati kadrlarini tayyorlash kombinatida oʻqituvchi boʻlib ishlaydi. 1932—1934-yillarda shu kombinat qoshidagi texnikum direktori boʻlib ishlaydi. 1934—1936-yillar oraligʻida esa Qizil qoʻshin safida hizmat qilgan. 1936-yildan 1941-yilgacha boʻlgan vaqt oraligʻida Oʻzbekiston Davlat universistetining fizika-matematika fakultetini tamomlagan. 1942—1945-yillarda maorif xalq komissarligi bosh inspeksiyasi boshligʻi, 1948-yilgacha Toshkent shahar maorif boʻlimi mudiri va 1950-yilgacha esa OʻzSSR ministrlar soveti oʻquv yurtlar va fan guruhi rahbari boʻlib faoliyat yuritib kelgan.

1950-yil 14-yanvarda sovetlarga qarshi tashviqot olib borganlikda ayblanib MGB tomonidan qamoqqa olingan va 10 yilga mehnat tuzatish lageriga surgun qilingan. SSSR Ichki ishlar ministrligi lagerlarida, qamoqxonalarida, koloniyalarida aksilinqilobiy jinoyatlari uchun ushlab turilgan mahkumlarning ishini qayta koʻrib chiqish boʻyicha Markaziy Komissiya Majlisining 1954-yil 6-dekabrdagi qarori bilan ish harakatdan toʻxtatilgan, soʻngra DXM maxsus kengashining 1950-yil 14-oktabridagi bergan qaroriga koʻra hukm bekor qilingan. Shunday qilib Raim Bozorboyev keyinchalik oqlanishga muvaffaqq boʻlgan[1].

  1. Ahmad, Sirojiddin. Qizil mustamlaka: e'lon qilinmagan urush Katta qirg'in qomusi (1929-1950). Toshkent: Info Captal Books, 2022-yil — 635-bet. ISBN 978-9943-5789-3-7.