Kontent qismiga oʻtish

Rain Man (roman)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rain Man
Muallif(lar) Leonore Fleischer
Til inglizcha
Janr(lar)i roman
Nashriyot „New American Library“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1989

„Rain Man“ („Yomgʻir odami“) — amerikalik yozuvchi Leonore Fleischer qalamiga mansub roman. 1989-yil „Penguin Books“ nashriyotida bosilib chiqqan. Roman shu nomli film asosida yozilgan. Film ssenariysini Ronald Bass bilan Barry Morrow yozgan. Ssenariy uchun asos boʻlgan hikoyani ham Barry Morrow yozgan. Roman bir necha tilga tarjima qilingan. Shuningdek, 1994-yil romanning ingliz tilini oʻrganayotganlar uchun moʻljallangan qisqa versiyasi chop etilgan[1].

Romanda Charlie Babbitt (talaffuzi: Charli Bebbitt) ismli qoʻpol va egoist koʻzboʻyamachi haqida hikoya qilinadi. Babbitt oʻzidan uzoqlashib ketgan otasi koʻp million dollar qiymatga ega boyliklarini Raymon (talaffuzi: Reymon) ismli boshqa oʻgʻliga meros qilib qoldirganidan xabar topadi. Charliega esa faqat otasining avtomobili hamda atirgul kolleksiyasi qoladi.

Charlie oʻta aqlli va autist akasi Raymond haqida avval eshitmagan boʻladi. Charlie akasiga qolgan boylikka erishish uchun uni autistlar uyidan olib chiqadi. Pirovardida ikki aka-uka bir-biriga bogʻlanib qoladi, Charlie otasi qaroridan boshqa gʻazablanmay qoʻyadi.

  1. Fleischer, Leonore. Rain Man. Essex: Penguin Books, 1999. ISBN 978-0-582-41785-4.