Kontent qismiga oʻtish

Raj Reddy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Raj Reddy
Tavalludi
Dabbala Rajagopal Reddy

13-iyun 1937-yil
Katur, Chittur, Madras, Britaniya Rojaligi (hozirgi Hindistonning Andhra Pradesh shtati)[1]
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Taʼlimi

Madras universiteti, Stanford universiteti(1966),

Yangi Janubiy Uels universiteti va Guindi muhandislik kollejida (1958)
Kasbi Hindistonlik va Amerikalik kompyuter mutaxassisi
Faoliyat yillari Karnegi Mellon universiteti, Stenford universiteti
Otasi dabbala srinivasa reddy
Onasi dabbala pitchamma

Raj Reddy (toʻliq ismi Dabbala Rajagopal Reddy, 1937-yil 13-iyun, Hindiston, Katur[2]) – kelib chiqishi hind boʻlgan amerikalik kompyuter mutaxassisi. Reddy hamkasbi Edvard Feygenbaum bilan 1994-yil „design and construction of large scale artificial intelligence systems, demonstrating the practical importance and potential commercial impact of artificial intelligence technology“ ilmiy izlanish doirasida A. M. Turing mukofoti soʻvrindori bo'ldi.

Hayoti va ish faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Reddy Hindistonning janubi-sharqida (hozirgi Andxra-Pradesh shtati)dagi Srikalahasti shahri yaqinidagi kichik qishloqda tugʻilgan. Reddy bakalavr darajasini (1958), Madrasdagi Guindi muhandislik kollejida (hozirgi Anna universitetining bir qismi, Chennay) va Yangi Janubiy Uels universitetida magistr (1960) darajasini qo'lga kiritgan. Reddy Stenford universitetida kompyuter fanlari boʻyicha magistr (1964) va doktorlik (1966) darajasini qoʻlga kiritish uchun Qoʻshma Shtatlarga koʻchib oʻtishdan oldin Avstraliyada (1960–1963) IBM kompaniyasida ishlagan. Stenforddagi oʻqishni tugatganidan soʻng, Reddy maktabning informatika fakultetida (1966–69) oʻqidi. 1969-yilda Reddy Pitsburgdagi Karnegida Mellon universitetiga oʻqishini koʻchirdi. Reddy u yerda maktab Robototexnika institutining asoschi direktori (1979–91), informatika kafedrasi dekani (1991–99) va Moza Bint Nosser universitetining kompyuter fanlari professori va robototexnikachi (1984-) boʻldi. Reddy Elektr va elektronika muhandislari institutiga (IEEE) va AQSH Milliy muhandislik akademiyasiga hamda Amerika sunʼiy intellekt assotsiatsiyasiga (1987–89-yillarda prezident lavozimida boʻldi). Yana Reddy Amerika sanʼat va fanlar akademiyasiga saylangan.[3]

  • 1984-yil – Fransiyaning Faxriy legioni
  • 1991-yil – IBM Research Ralf Gomory Fellow mukofoti
  • 1994-yil – A. M. Turing mukofoti
  • 2001-yil – Hindiston Padma Bhushan mukofoti
  • 2005-yil – Honda Foundation Honda mukofoti
  • 2006-yil – AQSh Milliy fan kengashi Vannevar Bush mukofoti


  1. "Andhra Pradesh". Andhra Pradesh. Oxford University Press. https://www.dictionary.com/browse/Andhra%20Pradesh. 
  2. „Andhra celebrates Formation Day, CM hoists tricolour“. Times of India (2020-yil 1-noyabr).
  3. Sailendra Nath Sen. Ancient Indian history and civilization. New Age International, 1999 — 172–176-bet. ISBN 9788122411980. Qaraldi: 2017-yil 29-yanvar.