Rama Akkiraju
Rama Akkiraju | |
---|---|
Tavalludi | 1-iyun 1972-yil |
Kasbi | Kompyuter olimi |
Rama Akkiraju IBM Almaden tadqiqot markazida faoliyat yurituvchi asli hindistonlik, amerikalik kompyuter olimi. U IBM shirkatida IT (innovatsion texnoligiya) operatsiyalari boʻyicha, sunʼiy intellekt sohasida tadqiqotlar olib boradi.
Rama oʻz faoliyatini New-Yorkdagi TJ Watson tadqiqot markazida boshlagan va keyinchalik IBM Almaden tadqiqot markaziga koʻchib oʻtgan. U 2015-yildan 2019-yilgacha IBM’ning Watson bo‘limida taniqli muhandis va muhandislik bo‘yicha direktor bo‘lib ishlagan.
Rama 2019-yilda IBM Fellow[1] unvoniga sazovor bo‘lgan. U 2014-yildan beri IBM Master ixtirochisi.
Taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rama 2004-yilda New-York universiteti, Stern biznes maktabida biznes boshqaruvi magistri (MBA) darajasini oladi. U 1995-yilda Utah shtat universitetida kompyuter fanlari boʻyicha magistr darajasini va 1993-yilda Hindistonning Andxra-Pradesh shtatidagi JNTU muhandislik kollejida elektronika muhandisligi boʻyicha texnologiya bakalavri (B.Tech) darajasini olgan.
Professional sifatida hissalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rama 2018-yilda xizmat ko‘rsatish fanlari bo‘yicha professional jamiyat bo‘lgan ISSIP prezidenti bo‘lib ishlagan va ISSIP orqali AI loyihalarini faol boshqaradi. Rama CompTIA[2] sanoat forumida AI Kengashining hamraisi. Rama turli akademik konferentsiyalar va jurnallar, shu jumladan IEEE va ACM jamiyatida dastur qoʻmitasi raisi va dastur qoʻmitasi aʼzosi boʻlib ishlagan.
Faoliyati va tadqiqoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rama 100 dan ortiq texnik maqolalar muallifi. U AAAI va INFORMs tomonidan sunʼiy intellekt va operatsion tadqiqotlar sohalarida 4 ta mukofot sovrindori.
Rama sunʼiy intellekt, IT operatsiyalari uchun sunʼiy intellekt va boshqalar boʻyicha koʻplab asosiy maʼruzalar, podkastlar[3][4] va blog postlarini[5][6][7] taqdim etgan.
Nashrlari va mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rama kompyuter fanlari sohasida 100 dan ortiq texnik maqola[8] muallifi. U koʻplab sanoat mukofotlari va eʼtiroflariga sazovor boʻlgan.
- Forbes jurnali tomonidan 2017-yilda AIning eng yaxshi 20 ta ayoli[9]
- Fortune[10] jurnali tomonidan „AI for A-Team“ (2018)
- Enterprise Management 360 (2019) tomonidan sunʼiy intellekt va mashinalarni oʻrganish boʻyicha 10 ta eng yaxshi kashshof ayollar[11]
- ClickZ jurnali tomonidan marketing bilan bogʻliq eng yaxshi 10 ta AI fikrlash yetakchilari[12]
- Kaliforniya universiteti, Berkli Afina mukofoti[13] Ijroiya va texnik yetakchilik uchun (2020)
- 2020-yildan beri CompTIA sanoat tashkilotida AI Kengashining hamraisi.
- Xizmat innovatsion mutaxassislari xalqaro jamiyati (ISSIP) prezidenti[14] (2018)
- COMPTIA Spotlight mukofoti, sanoat maslahat kengashining yetakchilik mukofoti[15]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „2019 IBM Fellow Rama Akkiraju“ (en-US). 2019 IBM Fellow Rama Akkiraju (2019-yil 11-aprel). Qaraldi: 2022-yil 29-mart.
- ↑ AI Experts Discuss the Truth Behind "The Social Dilemma" | CompTIA AI Advisory Council (inglizcha), qaraldi: 2022-03-31
- ↑ Episode 1 - AIOps with Rama Akkiraju (inglizcha), 2020-10-13, qaraldi: 2022-03-31
- ↑ Ep6: Automating enterprise IT with Artificial Intelligence (inglizcha), 2021-09-24, qaraldi: 2022-03-31
- ↑ „Using Language Models to Optimize IT Operations Management in Watson AIOps“ (en-us). www.ibm.com. Qaraldi: 2022-yil 30-mart.
- ↑ „Applying natural language understanding to IT operations data to build machine learning models for IBM Cloud Pak for Watson AIOps“ (en-US). IBM Developer. Qaraldi: 2022-yil 30-mart.
- ↑ „Artificial intelligence“ (en-US). IBM Developer. Qaraldi: 2022-yil 30-mart.
- ↑ „dblp: Rama Akkiraju“ (en). dblp.org. Qaraldi: 2022-yil 31-mart.
- ↑ Yao. „Meet These Incredible Women Advancing A.I. Research“ (en). Forbes. Qaraldi: 2022-yil 31-mart.
- ↑ „Can This Startup Break Big Tech's Hold on A.I.?“ (en). Fortune. Qaraldi: 2022-yil 31-mart.
- ↑ „Hilary Mason - One of Best Machine Learning Scientist | EM360“ (en). em360tech.com. Qaraldi: 2022-yil 31-mart.
- ↑ „Rama Akkiraju, IBM Fellow and Director at IBM Watson“ (en-US). ClickZ. 2022-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
- ↑ „Meet the 2020 Women in Tech Initiative Athena Awards Winners !“ (en-US). CITRIS and the Banatao Institute (2020-yil 16-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 31-mart.
- ↑ „Leadership team – ISSIP“. issip.org. 2022-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
- ↑ „Five Technology Industry Leaders Honored with CompTIA 2021 Spotlight Awards“ (en). CompTIA Technology Interest Groups (2021-yil 18-mart). Qaraldi: 2022-yil 31-mart.