Kontent qismiga oʻtish

Ramapiteklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ramapiteklar (Ramapithecus) -qirilib ketgan odamsimon maymunlar. 2 turi maʼlum. Pastki jagʻ suyaklari qoldiqlari va tishlari Hindistonda yuqori miotsen yotqiziqlaridan topilgan (1934). R. qoldiqlari Sharqiy Afrika (Keniya, 1962), Yevropa (Vengriya, Turkiya)dan ham topilgan. Tishlarining morfologik xususiyatlariga koʻra, R. avstralopiteklarga yaqin turadi. R.ning absolyut yoshi 13—14 mln. yilga teng. R. avstralopiteklarning ajdodi hisoblanadi. Lekin keyingi yillarda koʻpchilik tadqiqotchilar R.ni orangutanlarga yaqinlashtirib, ularni odam ajdodlari qatoridan chiqarishni taklif qilishmoqda.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil