Ramizulla Moʻminov
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Ramizulla Abdullayevich Moʻminov (1941.24.10, Toshkent viloyati Qibray tumani) — fizik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), fizikamat, fanlari doktori (1979), professor (1990). ToshDU ni tugatgan (1963). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Fizikatexnika itida ilmiy xodim (1970— 71), direktor oʻrinbosari (1971—76), maxsus konstruktorlik byurosi direktori (1984—88), yetakchi ilmiy xodim (2002-yildan). Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida boʻlim boshligʻi (1991—92), Oʻzbekiston Respublikasi fan va texnika davlat qoʻmitasining Davlat ilmiytexnika ax-borot fondi direktori (1996-2002).
Ilmiy ishlari qattiq jismlar fizikasi, yarimoʻtkazgichlar va dielektriklar fizikasi va shular asosida asbob-uskunalar yaratishga oid. U qattiqjismlarda tashqi taʼsirlar — kuchli impuls magnit maydoni, ultratovush toʻlqinlari kabi taʼsirlar yordamida butunlay yangicha fizik jarayonlar keltirib chiqarish usullarini birinchi boʻlib rivojlantirdi. Uning izlanishlari natijalari asosida yadro nurlarini oʻlchovchi — yarimoʻtkazgich detektorlari, lazerlar, quyosh nurini elektr energiyasiga aylantiruvchi asbob-uskunalarni ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Bu asbobuskunalar, fazo va suv osti kemalarida, termoyadro sintezi qurilmalari va boshqalarda keng qoʻllanilyapti. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1992).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |