Kontent qismiga oʻtish

Randy Gardner

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Randy Gardner
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat AQSH bayrogʻi AQSh
Tavalludi 2-dekabr 1958-yil (1958-12-02) (65 yosh)
Kaliforniya
Oldingi sheriklari Tai Babilonia
Oldingi murabbiylari John Nicks

Randy Gardner (talaffuzi: Rendi Gadner; 1958-yil 2-dekabrda tugʻilgan) — juftlikda konkida uchish musobaqalarida qatnashgan amerikalik sobiq figurali uchuvchi. Sherigi Tai Babilonia bilan birgalikda 1979-yilda figurali uchish boʻyicha jahon chempionatida va besh marta figurali uchish boʻyicha AQSh chempionatida (1976-1980) gʻolib chiqqan. Bu juftlik 1976- va 1980-yillardagi qishki Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan.

Gardner Babiliona bilan birga sakkiz yoshdaligida konkida uchishni boshlagan. Juftlikning birinchi murabbiyi Mabel Fairbanks boʻlgan, keyin esa ulargamurabbiy John Nicks boshchilik qilgan. Juftlik 1973 — 1974-yili Nebelhorn Trophy musobaqasida qatnashib, faxrli birinchi oʻrinni egallagan va oltin medal bilan taqdirlangan. Huddi shu yili oʻtkazilgan Coupe des Alpes musobaqasida ular uchinchi oʻrindan joy olishgan. Bu juftlik AQShning besh karra milliy chempioni boʻlgan va 1979-yilgi jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kirigan. Ular 1980-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida Gardnerning tizzasidan jarohat olgan va jarohati tufayli musobaqani tark etishga majbur boʻlishgan.

2006-yilda Gardner „Skating with Celebrities“ realiti shousida xoreograf sifatida paydo boʻlgan. 2008-yilda Babilonia / Gardner juftligi Gardnerning olgan boʻyin jarohati va ularning oʻsib borayotgan yoshi tufayli konkida uchishdan nafaqaga chiqqanligini eʼlon qilgan[1].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gardner 1998-yilda qarindoshi oilaviy sirni oshkor qilganidan keyin asrab olinganini haqida xabar topgan. 2006-yilda Gardner gomoseksual ekanligini maʼlum qilgan[2].

(Babilonia bilan)

Musobaqa 1973 — 1974 1974 — 1975 1975 — 1976 1976 — 1977 1977 — 1978 1978 — 1979 1979 — 1980
Qishki Olimpiya oʻyinlari 5 WD
Jahon chempionatlari 10 10 5 3 3 1ㅤ
AQSh chempionati 2 2 1ㅤ 1ㅤ 1ㅤ 1ㅤ 1ㅤ
Nebelhorn Trophy 1ㅤ
Coupe des Alpes 3
WD = musobaqani tark etgan