Rangli bosma
Rangli bosma — qogʻoz, mato yoki boshqa materialga koʻp rangli tasvirlar (rangli fotosuratlar, rangtasvir asarlari, rangli matnlar va boshqalar) ni bosish usuli. Maxsus bosma qolip (forma)lar yordamida amalga oshiriladi. Bosma qoliplar soni boʻyoqlar soni (ikki, toʻrt va boshqalar)ga bogʻliq boʻladi. Rangli bosmada asosan, ofset bosma, chuqur bosma va tekis bosma usullaridan ham foydalanish mumkin. Rangli bosma 19-asr oxirida paydo boʻlgan.
Har xil rangli original (asl nusxa)dan koʻplab nusxa koʻchirishda har qaysi rang uchun ayrimayrim klishe (3 yoki 4 klishe) tayyorlab olinadi. Buning uchun fotografik usulda original ranglarni uch asosiy rangga ajratib, negativ olish va har bir negativdan bittadan klishe tayyorlash kerak. Original ranglarini xillarga ajratish yorugʻlik filtridan foydalanib bajariladi. Shundan keyin qolip va zarur boʻyoqlar tayyorlab olinadi. Uch asosiy rang (sariq, kizil va koʻk)ni turli nisbatda aralashtirib, istalgan rangni olish mumkin. Och rang hosil qilish uchun belila ham ishlatiladi. Mas, toʻrt rangli tasvirni bosishda oldin sariq rang, keyin kizil va koʻk ranglar, oxirida kulrang (ton) bosiladi. Rangli bosmada 2,4 va 10 rangni bir yoʻla bosadigan rangli bosma mashinalari qoʻllanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |