Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi
Bu maqolani oʻchirish taklif etiladi. Sababi va mos munozaralarni quyidagi sahifadan topishingiz mumkin: Vikipediya:Oʻchirishga/Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi. Maqolani yaxshilashga urinib koʻrishingiz mumkin, ammo munozara jarayoni yakunlanmagunga qadar mazkur ogohlantirish xabarini aslo olib tashlamang. Manbalar izla: „Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi“ – yangiliklar · gazeta · kitoblar · akademik · JSTOR Maqola muallifiga: Maqolangiz oʻchirilish arafasida boʻlsa, nima qilish kerak? Administratorlarga: bu yerga havolalar • tarix (oxirgi oʻzgarish) • ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi qaydlar • oʻchirish |
Turi | Davlat muassasasi |
---|---|
Tarmogʻi | (+998 71) 203-13-24 |
Maqomi | Markaz |
Ishga tushgan sanasi | 2012-yil |
Joylashuvi | Toshkent, Olmazor tumani, Ziyo koʻchasi, 3 |
Direktor | Alisher Ilxamovich Abdullayev |
Ishchilar soni | 18 ta |
Vebsayti | e-edu.uz |
Til(lar)i | Oʻzbek |
Markaz O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 25-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida Ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi 228-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi "Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-200-son qaroriga asosan, markaz "Raqamli ta'lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi" deb qayta tashkil etildi.
Markazning asosiy maqsadi va vazifalari:
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oliy, o'rta maxsus va professional ta'lim tizimida axborot tizimlari, resurslari va dasturiy mahsulotlarini ishlab chiqish, joriy etish, integratsiya qilish va uzluksiz ishlashini ta'minlash hamda ta'lim tizimiga raqamli ta'lim texnologiyalarini qo'llash va rivojlantirish, shuningdek, ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish jarayonlarini raqamlashtirishdan iborat.
Markaz tuzilmasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Korporativ tarmoqni boshqarish va axborot xavfsizligi bo‘limi
Axborot tizimlarini texnik qo‘llab-quvvatlash va tahlil qilish bo‘limi
Axborot tizimlarini loyihalashtirish va ishlab chiqish bo‘limi
Axborot tizimlarini joriy etish va rivojlantirish bo‘limi
Interaktiv davlat xizmatlarini joriy etish bo'limi
Buxgalteriya
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son Farmoni
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PQ-200-son qarori
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 25-iyuldagi 228-son qarori