Rashid Beybutov
Qiyofa
BEYBUTOV Rashid Majid oʻgʻli (1915, Tbilisi — 1989, Boku) — ozarbayjon estrada va opera xonandasi (lirik tenor). 1934 — 44 ylarda Yerevan, 1944 — S6 yillarda Boku filarmoniyasida yakka-xon xonanda; 1957 — 59 yillarda Ozarbayjon davlat konsert ansambli, 1966-yildan Ozarbayjon davlat qoʻshiqteatrining rahbari. Repertuaridan rus va Fapbiy Yevropa kompozitorlari asarlari hamda turli xalqlar (eron, turk, arab, gʻind va boshqalar) qoʻshiqlari urin olgan. U. Hojibekovning "Arshin mol olon" musiqali komediyasi asosida yaratilgan filmdagi bosh roli (Askdr) mashhur.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |