Rashidxon Sodiqov
Qiyofa
Rashidxon Sodiqov (1938.27.5, Fargʻona viloyati — 2000, Qoʻqon) — Oʻzbekiston xalq artisti (1992). 1960—2000-yillar Qoʻqon shahar drama teatrida aktyor. Qaqramononaromantik, ijtimoiypsixologik va maishiy hajviy yoʻnalishlar unga yaqin boʻlib, mazmunan teran, falsafiy mushohadalarga boy, mavzu va uslub jihatdan rangbarang obrazlari bilan iz qoldirdi. "Muqanna"da Muqanna, "Boy ila xizmatchi"da Gʻofir, "Jaloliddin"da Jaloliddin Manguberdi, "Tohir va Zuhra"da Tohir, "Muhabbat qasri"da Shohjahon kabi obrazlari alohida oʻrin tutadi. "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan (1998).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |