Rasulqori hofiz Mamadaliyev
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Rasulqori hofiz Mamadaliyev (1928.7.6, Oʻsh viloyati, Suzoq qishlogʻi — 1976.8.9, Buvayda tumani) — xonanda, sozanda (tanbur, dutor, skripka) va askiyachi. Jarangdor, tiniq va jozibali ovoz sohibi. Ehtirosli va shiddatli ijro uslubini yaratgan. Musiqadan ilk saboklarini Kamoliddin Hamroqulov (keyinachlik hamnafasi), Us t a Qurbonlardan olgan. Koʻzi tugʻma ojiz Rasulqori hofiz Mamadaliyev noyob isteʼdod va kuchli xotira egasi boʻlib, koʻpgina ashula va cholgʻu yoʻllarini grammplastinka yozuvlari orqali oʻzlashtirgan. Keyinchalik J. Sultonov, M. Uzoqov kabi ustoz sanʼatkorlarning ijrochilik anʼanalarini oʻrgangan. Repertuaridan maqom va mumtoz ashula yoʻllari ("Bayot I—V", "Dugoh Xusayn I—VII", "Segoh", "Beboqcha", "Bozurgoniy", "Galdir" va boshqalar), zamonaviy bastakorlar asarlari ("Oqibat", "Topmadim", O. Xotamov; "Kuygay", "Judo", Yu.Rajabiy; "Sallamno", N.Hasanov; "18 yoshingdadur, M.Mirzayev; "Dilrabolardan biri", J.Sultonov), katta ashulalar ("Aylading ketding", "Oh kim", "Izlarman" kabi), xalq yalla va ashulalari ("Ey doʻst", "Hayhay", "Oromijon") oʻrin olgan. Ijroda soʻz talafuzining aniq va burroligi, soz va ovoz mutanosibligiga erishgan. Cholgʻu va ashula yoʻllarini, marsiyalar bastalagan ("Gʻazalxonlik", "Mehmonsan", "Dorman" va boshqalar).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |