Kontent qismiga oʻtish

Ravishdosh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ravishdosh — feʼlning ravishga xos vazifada qoʻllanish uchun maxsuslashgan shakli. Ravish harakatning belgisini bildirib, uning biror xususiyatini koʻrsatadi. Ravishlar harakatni ifodalovchi har qanday feʼl bilan qoʻllana oladi. Ular, asosan, harakatning belgisini, jumladan, paytini, maqsadini, sababini bildirib, gapda hol boʻlib yoki ergash gapning kesimi vazifasida keladi. Hozirgi oʻzbek tilida Ravishning bir necha shakllari bor, ular quyidagi qoʻshimchalar yordamida yasaladi: — (i)b — oʻqib, koʻrib; — a, — y—kula-kula, yigʻlay-yigʻlay; — gach (—kach, — qach), —kelgach, tikkach, chiqqach; — gani (—kani, — qani) — koʻringani, toʻkkani, soqqani; — guncha (—kuncha, — quncha) — borguncha, choʻkkuncha, taqquncha kabi. Ravishning boʻlishsiz shakli — may, — masdan qoʻshimchalari bilan yasaladi: oʻqib— oʻqimay, oʻqimasdan kabi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil