Ravshan Saydaxmedov
Ravshan Xolxo‘jayevich Saydaxmedov' | |
---|---|
Tavalludi |
27-may 1961-yil Toshkent tumani, Toshkent viloyati Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | muhandis olim |
Sohasi | aviatsiya |
Taʼlimi | Toshkent politexnika instituti |
Ilmiy darajasi | texnika fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Mukofotlari |
Ravshan Xolxo‘jayevich Saydaxmedov (1961-yil 27-may, Toshkent tumani, Toshkebt viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori, professor.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ravshan Saydaxmedov 1961-yil 27-may Toshkent tumanida tugʻilgan. Dastlab Xarkov oliy aviatsiya harbiy injenerlar bilim yurtida, keyinchalik Toshkent politexnika institutining samolyotsozlik fakultetida tahsil olgan. 1986—1988-yillarda Toshkent politexnika instituti samolyotsozlik fakulteti „Mexanik ishlov berish texnologiyasi“ kafedrasining laboratoriya mudiri, 1988—1989-yillarda assistent, 1989—1991-yillarda Moskva aviatsiya instituti stajyor-tadqiqotchisi. 1991—2000-yillartda Toshkent davlat aviatsiya instituti „Uchish apparat detallarini ishlab chiqarish texnologiyasi“ kafedrasi mudiri, 2000—2002-yillarda Moskva aviatsiya instituti doktoranti, 2002—2004-yillarda Toshkent davlat aviatsiya instituti magistratura boʻlimi boshligʻi, 2004—2005-yillarda „Uchish apparatlarini ishlab chiqarish texnologiyasi“ kafedrasi mudiri, 2005—2008-yillarda Toshkent davlat aviatsiya instituti prorektori, 2008-yilda shu institutning rektori, 2008-2010-yillar Toshkent davlat texnika universiteti „Aviasozlik“ kafedrasi mudiri, 2010—2011-yillarda Toshkent davlat texnika universiteti oʻquv ishlari boʻyicha prorektor, 2011—2013-yillarda Andijon mashinasozlik instituti rektori, 2013—2016-yillarda Toshkent davlat texnika universiteti rektori, 2016—2017-yillar universitetning „Fan va taraqqiyot“ davlat unitar korxonasi bosh ilmiy xodimi, 2017—2019-yillarda „Materialshunoslik“ kafedrasi professori, 2019—2020-yillarda „Havo kemalari va jihozlarining texnik ekspluatatsiyasi“ kafedrasi professori lavozimida faoliyat olib borgan. 2020-yildan Toshkent davlat transport universiteti, Aviatsiya transporti muhandisligi fakulteti „Aviatsiya injiniringi“ kafedrasi professori[1].
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2002-yilda ruscha: „Разработка ионно-плазменных покрытий на основе нитридов и карбидов переходных металлов с регулируемой стехиометрией“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 6 ta monografiya, 10 dan ortiq darslik va oʻquv qoʻllanmalari, 300 ga ilmiy maqolalar muallifi[1][2].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Shuhrat“ medali (2000)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet.
- ↑ „O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 25.08.2000-yildagi PF-2704-son Farmoni“.