Raxim Rajabov
Raxim Rajabovich Rajabov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 1937-yil |
Vafoti |
2020-yil 28-sentyabr Toshkent, Oʻzbekiston |
Taʼlim | Markaziy Osiyo politexnika instituti |
Raxim Rajabovich Rajabov (1937-yil, Buxoro viloyati Qorakoʻl tumani Lenin nomidagi kolxoz — 2020-yil 28-sentyabr, Toshkent, Oʻzbekiston) — Oʻzbekiston davlat arbobi, Oʻzbekiston davlat kotibi[1].
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1937-yilda Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanidagi Lenin nomidagi kolxozda xizmatchi oilasida tugʻilgan.
1960-yilda Toshkentdagi O‘rta Osiyo politexnika institutini tamomlagan. Institutni tugatgach, uni „Tashselmash“ zavodiga yuborishgan. Muhandis-konstruktor, texnolog, usta, tsex boshligʻi boʻlib ishlagan[1].
Soʻngra Paxtachilik uchun mashinasozlik davlat konstruktorlik byurosida tsex boshligʻi, Toshkent shahridagi Ittifoq Traktor va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi vazirligining Mashinasozlik boʻyicha Davlat byurosi boshligʻi, Respublika mahalliy sanoati Davlat maxsus badiiy konstruktorlik-texnologik byurosini boshqargan[1].
„Oʻzbekselmash“ ishlab chiqarish birlashmasi bosh muhandisi. Toshkent ekskavator zavodi direktori, „Algoritm“ zavodi direktori, Toshkentdagi „Mashxlopok“ davlat ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori. Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi aʼzosi[1].
1990—1992-yillar davomida Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosari, 1992-yil may oyidan Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat kotibi. 1992-yil dekabr oyida Davlat kotibi lavozimi tugatilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari etib tayinlangan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „Скончался бывший госсекретарь Узбекистана Рахим Раджабов“ (ru). Газета.uz (2020-yil 28-sentyabr). 2020-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-sentyabr.