Razdan (shahar)
Qiyofa
Razdan (1959-yilgacha Axta posyolkasi) — Armanistondagi shahar, Razdan tumani markazi. Yerevandan 50 km shimolidagi temir yoʻl stansiyasi. Razdan daryosi boʻyida. Aholisi 60,8 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Konkimyo kombinati, issiklik elektrstansiyasi, Atarbekyan GES, sut, pivo, mashinasozlik zdlari, yirik panelli uysozlik kombinati, sovitkichlar ishlab chiqarish kombinati, tikuvchilik fabrikasi ishlab turibdi. Vino ishlab chiqariladi. Teatr, industrialtexnologik texnikumi bor.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |