Kontent qismiga oʻtish

Reagent

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kimyoda reagent (ing: /ri’eidjent/ ri-ey-jent) yoki analitik reaktiv kimyoviy reaksiyaga sabab boʻlish yoki agar sodir boʻladigan boʻlsa sinab koʻrish uchun ishlatiladigan modda yoki birikmadir. Reaktiv va reaktant atamalari koʻpincha bir-birining oʻrnida ishlatiladi, ammo reaktant kimyoviy reaksiya jarayonida foydalaniladigan moddani bildiradi. Erituvchilar, garchi reaksiya mexanizmida ishtirok etsalar ham, odatda reaktivlar deb nomlanmaydilar. Xuddi shunday, katalizatorlar reaksiyada foydalanilmaydi shuning uchun ular reaktivlar boʻlmaydi. Biokimyoda, ayniqsa ferment-katalizli reaksiyalar bilan bogʻliq holda, reaktivlar odatda substratlar deb nomlanadi.

Organik kimyo

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Organik kimyoda „reagent“ atamasi, organik moddaning istalgan oʻzgarishiga olib keladigan kimyoviy tarkibiy qismni (murakkab yoki aralash birikmalar koʻpincha, noorganik yoki kichik organik molekulalar)ni bildiradi. Misol qilib, Kollinz reagenti, Fenton ragentii va Grignard reagenti kabilarni keltirishimiz mumkin..

Analitik kimyo

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Analitik kimyoda esa reaktivlar boshqa moddaning mavjudligi yoki mavjud emaslini aniqlashda ishlatiladigan moddalar yoki aralashmalar, masalan, rangni oʻzgartirish yoki moddaning konsentratsiyasini oʻlchash orqali ishlatiladi. Bularga Fehling reagentini, Millon reagenti va Tollens reagent kabilarni misol qilib keltirishimiz mumkin.

Biologiya yoʻnalishida, 1980-yillardagi biotexnologiyadagi keskin oʻzgarish, kimyoviy moddalarni aniqlashda, nazorat qilishda ishlatiladigan reagentlarning rivojlanishiga olib keldi.[1] [2]Bu reagentlarga antikorlar (poliklonal va monoklonal), oligomerlar, barcha turdagi model organizmlar, oʻlmas hujayra chiziqlari, molekulyar klonlash va DNK replikatsiyasi va boshqalar kiradi.[2] [3] Sirkumin kabi koʻplab tabiiy moddalar, deyarli barcha tahlilda sinovdan oʻtkaziladi va kimyogarlar uni PAINS sifatida tasniflashadi

Qoʻshimcha manbalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]


  1. Fox, Jeffrey L. (1 January 1979). "Antibody reagents revolutionizing immunology". Chemical & Engineering News Archive 57: 15–17. doi:10.1021/cen-v057n001.p015. 
  2. 2,0 2,1 „Report of the National Institutes of Health (NIH) Working Group on Research Tools“. NIH (1998-yil 4-iyun). 2000-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  3. Ishino, S; Ishino, Y (29 August 2014). "DNA polymerases as useful reagents for biotechnology: the history of developmental research in the field". Frontiers in Microbiology 5: 465. doi:10.3389/fmicb.2014.00465. PMID 25221550. PMC 4148896. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4148896.