Reaktiv
Kimyoda reagent ( ing: /ri'eidjent/ ri-ey-jent ) yoki analitik reaktiv kimyoviy reaksiyaga sabab bo'lish yoki agar sodir bo'ladigan bo'lsa, sinab ko'rish uchun ishlatiladigan modda yoki birikmadir. Reaktiv va reaktant atamalari ko'pincha bir-birining o'rnida ishlatiladi, ammo reaktant kimyoviy reaksiya jarayonida foydalaniladigan moddani bildiradi. Erituvchilar, garchi reaksiya mexanizmida ishtirok etsalar ham, odatda reaktivlar deb nomlanmaydilar. Xuddi shunday, katalizatorlar reaksiyada ishlatilinmaydi shuning uchun ular reaktantlar bo'la olmaydi. Biokimyoda, ferment-katalitik reaksiyalar bilan bog'liq holda, reaktivlar odatda substratlar deb nomlanadi.
Ta'riflar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Organik kimyo
[tahrir | manbasini tahrirlash]Organik kimyoda "reagent" atamasi deganda, organik moddani istalgan o'zgarishga olib keladigan kimyoviy qismi ( murakkab yoki aralash birikmalar ko'pincha, noorganik yoki kichik organik molekulalar) tushuniladi. Misol sifatida, Kollinz reaksiyasi, Fenton reaksiyasi va Grignard reaksiyasii kabilarni keltirishimiz mumkin.
Analitik kimyo
[tahrir | manbasini tahrirlash]Analitik kimyoda esa reaktivlar boshqa moddaning mavjudligi yoki mavjud emaslini aniqlashda ishlatiladigan moddalar yoki aralashmalar. Masalan uchun, rangni o'zgartirish yoki moddaning konsentratsiyasini o'lchash yoki kolorimetriya orqali ishlatiladigan moddalar. Bularga Fehling reaksiyasi, Millon reaksiyasi va Tollens reaksiyasi kabilarni misol qilib keltirishimiz mumkin.
Biologiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Biologiya yo'nalishida, 1980-yillardagi biotexnologiyadagi keskin o'zgarish, kimyoviy moddalarni aniqlashda, nazorat qilishda ishlatiladigan reagentlarning rivojlanishiga olib keldi.[1] [2]Bu reagentlarga antikorlar ( poliklonal va monoklonal ), oligomerlar, barcha turdagi model organizmlar, o'lmas hujayra chiziqlari, molekulyar klonlash va DNK replikatsiyasi va boshqalar kiradi.[2] [3] Sirkumin kabi ko'plab tabiiy moddalar, sinovdan o'tkazilgan deyarli barcha tahlilda, kerakli aralashmalar bo'lib chiqmadi va tibbiy kimyogarlar ularni ''sinov aralashuv birikmalari'' sifatida tasniflashdi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Fox, Jeffrey L. (1 January 1979). "Antibody reagents revolutionizing immunology". Chemical & Engineering News Archive 57: 15–17. doi:10.1021/cen-v057n001.p015.
- ↑ 2,0 2,1 „Report of the National Institutes of Health (NIH) Working Group on Research Tools“. NIH (1998-yil 4-iyun). 2000-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Ishino, S; Ishino, Y (29 August 2014). "DNA polymerases as useful reagents for biotechnology: the history of developmental research in the field". Frontiers in Microbiology 5: 465. doi:10.3389/fmicb.2014.00465. PMID 25221550. PMC 4148896. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4148896.