Kontent qismiga oʻtish

Rebecca Alexander

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Rebecca Alexander
Tavalludi
Rebecca Ann Alexander

4-fevral 1979-yil (1979-02-04) (45 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Psixoterapevt, muallif, fitnes instruktor, nogironlik huquqlari himoyachisi
Veb-sayti rebalexander.com

Rebecca Ann Alexander (1979-yil 4-fevralda tugʻilgan) — amerikalik psixoterapevt va yozuvchi. Usher sindromi tufayli koʻr boʻlib qolgan Alexander 2014-yilda koʻrish qobiliyati yomonlashgani, shuningdek, Kilimanjaro togʻi choʻqqisiga chiqish kabi ekstremal sportchi sifatida erishgan jasoratlari haqida esdalik yozgan. U 2016-yilda Amerika koʻzi ojizlar jamgʻarmasi tomonidan Helen Keller mukofotiga sazovor boʻlgan.

Yoshligi va taʼlimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rebecca Ann Alexander 1979-yilning 4-fevralda Kaliforniyaning Oakland shahrida yahudiylar oilasi hisoblanmish Terry Pink Alexander va advokat David Alexanderning oilasida tug‘ilgan[1][2] Uning ikki nafar akasi bor. Ularning biri Daniel boʻlsa, boshqasi Peter Alexander (jurnalist; NBC News va Oq uy muxbiri)[3].

Alexanderga oʻn ikki yoshida retinit pigmentozasi — koʻrish qobiliyatini yoʻqotish tashxisi qoʻyilgan[3]. U maktabda futbol sport turi boʻyicha Makkabiylar oʻyinlarida qatnashgan. Shuningdek, Oaklandda boʻlib oʻtgan Temple Sinai turnirida qatnashgan[2]. Oʻn sakkiz yoshida, ikkinchi qavat derazasidan yiqilib, bir necha oy davomida reabilitatsiyaga olingan. Ushbu voqea ortidan uning kollejga kirishini bir qancha muddatga kechiktirilgan[2]. Alexande kollejda oʻqishni boshlaganida tinnitus kasalligini boshdan kechira boshlaydi. Yigirma yoshida unga doktorlar tomonidan Usher sindromining III tur tashxisi qoʻyiladi[3][4].

Alexander Michigan universitetida bakalavr darajasini va Kolumbiya universitetida ijtimoiy mehnat va sogʻliqni saqlash sohasi boʻyicha ikki marotaba magistrlik darajasini qoʻlga kiritgan[5].

Alexanderning Not Fade Away: A Memoir of Senses Lost and Found (So‘nmas : Yo‘qolgan va topilgan hislar xotirasi) nomli xotira kitobi Sasha Alper bilan birgalikda yozilgan va 2014-yilda nashr etilgan[6]. U oʻz kitobini targʻib qilish uchun Today, Morning Joe va boshqa shoularda koʻrinish beradi[7][8]. 2019-yilda Lindsey Ferrentino (ssenariy muallifi) John Krasinski (prodyuser), David O. Russell hamda Emily Blunt rol ijro etgan Not Fade Away nomli film suratga olinayotgani haqida xabar berilgan edi[9].

The New York Times gazetasidagi kitob sharhida Alexander qanday qilib marafonlarda hamda bir haftalik xayriya velosportlarida qatnashib, „oʻzini mashaqqatli jismoniy jasoratlarga undagani“ tasvirlangan[10]. Uning sayohatlari orasida Inka izidan Machu Pikchugacha, Alkatraz orolidan San-Fransiskodagi suv parkigacha boʻlgan 1,5 milya sovuq okean suvida suzish va Kilimanjaro togʻiga chiqish kabilar mavjud[10][11][12]. U, shuningdek, New Yorkdagi sport zalida spinning va yuqori intensiv mashgʻulotlardan dars beradi[2].

Alexander 2019-yilda Ali Stroker tomonidan kar va zaif eshituvchi odamlarning hikoyalarini yoritish uchun yaratilgan Silent No More (Endi jimlik yoʻq) sayyohlik spektaklining ijrochilaridan biri boʻlgan[9].

U bir nechta mukofotlarga sazovor boʻlgan, jumladan 2016-yilda Amerika Koʻzi ojizlar jamgʻarmasining Helen Keller mukofotiga, 2017-yilda Nogironlik huquqlari himoyachilari tomonidan Eagle mukofotiga va 2017-yilda Michigan Universitetining Bicentennial Alumni mukofoti kabi sovrinlarini qoʻlga kiritgan[13]. 2018-yilda Usher sindromi haqida xabardorlikni oshirish maqsadida Boston Red Sox oʻyinida birinchi marta tantanali ravishda koʻrinish bergan[3].

  1. „Rebecca Alexander“. Lighthouse International. 2011-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-aprel.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Harris. „Fading sight and sound turn Oakland native into a fighter“. J. The Jewish News of Northern California (2014-yil 19-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 2-aprel.Harris, Liz (September 19, 2014). „Fading sight and sound turn Oakland native into a fighter“. J. The Jewish News of Northern California. Retrieved April 2, 2022.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Daley. „Rebecca Alexander is completely deaf and slowly going blind. Her next stop is Fenway.“. boston.com (2018-yil 22-avgust). Qaraldi: 2022-yil 2-aprel.Daley, Lauren (August 22, 2018). „Rebecca Alexander is completely deaf and slowly going blind. Her next stop is Fenway“. boston.com. Retrieved April 2, 2022.
  4. Cohen. „How Rebecca Alexander Navigates Life in New York While Going Deaf and Blind – New York Magazine – Nymag“ (en-us). New York Magazine (2009-yil 30-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 2-aprel.
  5. Nasiatka. „Our Interview with Rebecca Alexander“. Different & Able (2020-yil noyabr). 2022-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-aprel.
  6. „Not Fade Away by Rebecca A. Alexander, Sascha Alper“. Penguin Randomhouse. Qaraldi: 2022-yil 2-aprel.
  7. Alexander, Peter. „'A lot happier': Why Rebecca Alexander won't let going blind, deaf, hold her back“ (en). TODAY.com (2014-yil 15-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 2-aprel.
  8. „Forging ahead despite losing hearing, vision“ (en). MSNBC.com (2014-yil 17-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 2-aprel.[sayt ishlamaydi]
  9. 9,0 9,1 Herbert, James. „'Silent No More' bringing struggles, successes of those with hearing loss to the stage“. San Diego Union-Tribune (2019-yil 28-iyun). Qaraldi: 2022-yil 2-aprel.
  10. 10,0 10,1 Bouton, Katherine. „Young, Stricken and Determined to Fight“. The New York Times (2014-yil 20-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 2-aprel.
  11. Riley, Cailin. „An Unlikely Friendship That Thrives In Spite Of Challenges“. 27 East (2018-yil 10-avgust). Qaraldi: 2022-yil 2-aprel.
  12. Keating. „Rebecca Alexander Climbs Mount Kilimanjaro“ (en). People.com (2015-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 2-aprel.
  13. „Usher Syndrome Society Board & Staff“ (en). Usher Syndrome Society. Qaraldi: 2022-yil 2-aprel.