Kontent qismiga oʻtish

Rechitativ

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Rechitativ (ital. recitare — ovoz chiqarib oʻqimoq) — oddiy yoki badiiy nutk, intonatsiyasn va ritmikasini ifodalashga asoslangan vokal musiqa turi. Odatda, R. matn tuzilishini aks ettirib tugal musiqa shaklini tashkil etmaydi. Uning kelib chiqishi xalqmusiqiy epik janrlari (doston, qissaxonlik kabi) bilan bogʻliq. Kompozitorlik ijodiyotida R. avvalo opera janrida keng qoʻllanadi. Uning imkoniyatlari, shuningdek, kantata, oratoriya, romans va boshqa janrlarda oʻz aksini topgan. Oʻzbek musiqa merosining doston, katta ashula, ramazon, zikr, marsiya kabi janrlarida R. unsurlari ustuvor oʻrin tutadi. Oʻzbek kompozitorlari yaratgan musiqali drama, opera va boshqa asarlarning yetuk namunalarida doston, katta ashula kabi janrlarga xos R. xususiyatlar ham uchraydi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil