Kontent qismiga oʻtish

Refik Muzafarov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Refik Ibrahimovich Muzafarov
Tavalludi 18-aprel 1928-yil
Biyuk-Ass, Ak-Shayx (Razdolenskiy), Qrim Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi, RSFSR, SSSR
Vafoti 20-dekabr 2011-yil(2011-12-20)
(83 yoshda)
Simferopol. Ukraina
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRUkraina bayrogʻi Ukraina
Sohasi Qrim-tatar folklori
Taʼlimi Toshkent davlat pedagogika instituti
Ilmiy darajasi Filologiya fanlari doktori
Ilmiy unvoni Professor

Refik Ibrahimovich Muzafarov (qrim-tatarcha: Refiq Ibraim oğlu Muzafarov, 1928-yil 18-aprel Biyuk-Ass Ak-Shayx (Razdolnenskiy) tumani – 2011-yil 20-dekabr) – filologiya fanlari doktori, professor. Qrim-tatar Xalq Majlisi ikkinchi Qurultoyi delegati, Qrim-tatar Xalq Majlisining birinchi chaqiruv deputati, madaniyat, til va din masalalari bilan shugʻullangan.

Refik Muzafarov 1928-yil 18-aprelda tugʻilgan. U koʻp sonli qrim-tatarlar qatori Oʻzbekistonga koʻchirilgan. Chirchiq shahrida yashagan.

1960-yilda nomzodlik, 1967-yilda Bokuda Qrim-tatar folklori boʻyicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

1967-yil iyun oyida filologiya fanlari doktori Muzafarov Kremlda Andropov, Shchelokov, Rudenko va Georgadze tomonidan tashkil etilgan Qrim-tatar Xalq Majlisi delegatsiyasi tarkibida edi.

Refik Muzafarovning mehnat faoliyati davomida unga nisbatan turli xil koʻrinishda bosimlar oʻtkazilgan. 10 ga yaqin oliy oʻquv yurtidan turli bahonalar bilan ishdan boʻshatilgan.

U oʻsha paytda SSSRda qrim-tatar filologiyasi boʻyicha ilmiy darajaga ega boʻlgan yagona mutaxassis boʻlgan. U yozgan kitob va maqolalar nashr etilmagan. Uning kitoblaridan biri Qozon universiteti nashriyoti tomonidan nashrga tayyorlanadi, ammo chop etilmaydi.

U Ulugʻ Vatan urushi yillarida qrim-tatar xalqi, deportatsiya joylaridagi vaziyat haqida materiallar toʻplagan.

1987-yilda u rafiqasi bilan Qrimga qaytib keldi. 1990-yilda Feodosiyada qrim-tatar va rus tillarida nashr etiladigan „Vatan“ jurnaliga asos soladi. Qrim-tatarlarning „Vatan“ madaniy-maʼrifiy va ilmiy tadqiqot markazi direktori boʻlgan.

2 jilddan iborat „Qrim-tatar ensiklopediyasi“ni yaratdi. Ushbu ensiklopediyani Refikning ukasi professor Nuzzet Muzafarov oʻz mablagʻi hisobidan nashr ettirdi.

1990—1994-yillarda „Vatan“ jurnalining 36 ta soni chop etildi.

Refik Ibrahimovich Muzafarov 2000-yilda Qrim Avtonom Respublikasi mukofotini qoʻlga kiritadi[1].

Refik Muzafarov vafotidan soʻng, 2011-yil 21-dekabr kuni Aqmesjit – Kebir-Jomi markaziy masjidida Qrim muftiysi hoji Emirali Ablayev boshchiligidagi muftiylik vakillari, qarindoshlar, doʻstlar ishtirokida janoza namozi oʻqildi[2].

  1. „Решение Президиума Верховной Рады Автономной Республики Крым за 2000 г.“. Государственный Совет Республики Крым. 2021-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-may.
  2. „В Кебир-Джами попрощались с Рефиком Музафаровым“. ЦЕНТРАЛИЗОВАННАЯ РЕЛИГИОЗНАЯ ОРГАНИЗАЦИЯ ДУХОВНОЕ УПРАВЛЕНИЕ МУСУЛЬМАН РЕСПУБЛИКИ КРЫМ И г.СЕВАСТОПОЛЬ (ТАВРИЧЕСКИЙ МУФТИЯТ) Официальный сайт (2011-yil 23-dekabr). 2020-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-may.