Kontent qismiga oʻtish

Refleks

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Refleks (lot. refl exus — orqaga qaytgan, shuʼla) (tasviriy sanʼatda) — rangtasvir (baʼzan grafika)da biror narsadan qaytgan rang va nur shulasi; narsalarga uni oʻrab turgan obʼyektlar (qoʻshni narsalar, osmon va hokazo)dan qaytayotgan nurning aksi tushishidan hosil boʻladi. "R." terminini ham naturaning oʻziga; ham uning tasviriga birday qoʻllash mumkin. R.ning aniq va nozik ifodalash bilan hajmni, ranglar boyligini va tasvirlanayotgan naturaning tuslarini ularning oʻzaro murakkab munosabatlarida yaratishga erishiladi. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil