Refraktor
Refraktor — obyektivi linzali boʻlgan teleskop. Osmon yoritqichlaridan kelayotgan nurlar R. obyektividan sinib oʻtib, uning fokus masofasida tasvir hosil qiladi. Birinchi marta G. Galiley 1609-yilda astronomiyada qoʻllagan. R.ning vizual va fotografik xillari bor. Vizual R. obyektiv va okulyardan tuzilgan. Fotografik R. (astrograf ham deyiladi) katta fotoapparatdan iborat boʻlib, uning fokal tekisligiga fotoplastinkali kasseta oʻrnatiladi.
R.ning obyektivida kamida 2 ta linza — biri (musbat) yengil va optik zichligi kam shisha — krondan, ikkinchisi (manfiy) ogʻir shisha (flint)dan yasalgan linza boʻladi. Bunda bir yoʻla R.da boʻladigan xromatik va sferik aberratsiyalar kamaytiriladi. Obyektivi ikki linzali R.da komani ham toʻgʻrilash mumkin, lekin astigmatizm va maydon egriligini tuzatish mumkin emas, chunki uning koʻrish maydoni burchagi (gradus)dan ortmaydi, bunda D — obyektiv diametri (mm da). Qoldiq sferik aberratsiyaning toʻlqin uzunligiga bogʻlikligi tufayli yulduz tasviri atrofida radiusi tax. 40" boʻlgan binafsha gardish hosil boʻladi (odatda, foydalaniladigan R.da teshik nisbati 1:15 boʻlganda). Xromatik aberratsiyaning kattalashishini kamaytirish uchun R. obyektiv linzalari bir-biriga yopishtiriladi.
R.da sifatli tasvir hosil qilish uchun maxsus shishalar ishlatiladi va linzalar soni koʻpaytiriladi. Kichik R.larda obyektivlarga linzalar yopishtirilib, oq dogʻ (qoʻshimcha tasvir) va yorugʻlik kamayishi qisqartiriladi. Dunyoda eng katta R. Yerks astronomik rasadxonasida (AQSH, £)=1,02 m) oʻrnatilgan. R. vizual, fotografik, kamdankam spektral yoki fotoelektrik kuzatishlarda ishlatiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |